Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə489/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   485   486   487   488   489   490   491   492   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Asosiy tayanch tushunchalar 
 
Pul muomalasi –
pulning iqtisodiyotda o‘z vazifalarini bajarish jarayonida 
to‘xtovsiz harakatda bo‘lishi, tovarlar va xizmatlar ayirbosh qilish jarayonida 
qo‘ldan qo‘lga o‘tib, aylanib turishi. 
Pul tizimi
– tarixan tarkib topgan va mamlakat milliy qonunchiligi bilan 
mustahkamlangan pul muomalasini tashkil qilish shakli. 
Inflyatsiya
– qog‘oz pul birligining qadrsizlanishi. 
Kredit
– bo‘sh turgan pul mablag‘larini ssuda fondi shaklida to‘plash va 
ularni takror ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun qarzga berish. 
Foiz normasi (stavkasi)
– foiz yoki foizli daromadning qarzga berilgan pul 
summasiga nisbatining foizda ifodalanishi. 
Bank krediti
– pul egalari (banklar va maxsus kredit muassasalari) tomonidan 
qarz oluvchilarga (tadbirkorlar, davlat, uy xo‘jaligi sektori) beriluvchi pul 
ssudalari. 


646 
Xo‘jaliklararo kredit
– bir korxona (muassasa) tomonidan ikkinchisiga 
berilib, ularning kapital qurilish, qishloq xo‘jalik sohalaridagi munosabatlariga, 
shuningdek, ichki xo‘jalik hisobi bo‘g‘inlari bilan munosabatlariga xizmat qiluvchi 
qarz mablag‘lari.
Tijorat krediti
korxonalar, birlashmalar va boshqa xo‘jalik yurituvchi 
subyektlarning asosan to‘lovni kechiktirish yo‘li bilan tovar shaklida bir-biriga 
beradigan kreditlari.
Iste’mol krediti
– xususiy shaxslarga, avvalo, uzoq muddat foydalanadigan 
iste’mol tovarlari sotib olish uchun ma’lum muddatga beriluvchi qarz mablag‘lari. 
Ipoteka krediti
– ko‘chmas mulklar (er, bino) hisobiga uzoq muddatli 
ssudalar shaklida beriluvchi qarz mablag‘lari.
Davlat krediti
– kredit munosabatlarining o‘ziga xos shakli bo‘lib, bunda 
davlat pul mablag‘lari qarzdori, aholi va xususiy biznes esa kreditorlari bo‘lib 
chiqadi.

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   485   486   487   488   489   490   491   492   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin