646
Xo‘jaliklararo kredit
– bir korxona (muassasa) tomonidan ikkinchisiga
berilib,
ularning kapital qurilish, qishloq xo‘jalik sohalaridagi munosabatlariga,
shuningdek, ichki xo‘jalik hisobi bo‘g‘inlari bilan munosabatlariga xizmat qiluvchi
qarz mablag‘lari.
Tijorat krediti
–
korxonalar, birlashmalar va boshqa xo‘jalik yurituvchi
subyektlarning asosan to‘lovni kechiktirish yo‘li bilan
tovar shaklida bir-biriga
beradigan kreditlari.
Iste’mol krediti
– xususiy shaxslarga, avvalo,
uzoq muddat foydalanadigan
iste’mol tovarlari sotib olish uchun ma’lum muddatga beriluvchi qarz mablag‘lari.
Ipoteka krediti
– ko‘chmas mulklar (er, bino) hisobiga uzoq muddatli
ssudalar shaklida beriluvchi qarz mablag‘lari.
Davlat krediti
– kredit munosabatlarining o‘ziga xos shakli bo‘lib,
bunda
davlat pul mablag‘lari qarzdori, aholi va xususiy biznes esa kreditorlari bo‘lib
chiqadi.
Dostları ilə paylaş: