Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


a) iqtisodiyotning ayrim bo‘g‘inlari – transport, aloqa, atom va elektr



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə497/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   493   494   495   496   497   498   499   500   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

a) iqtisodiyotning ayrim bo‘g‘inlari – transport, aloqa, atom va elektr 
energetikasi, kommunal xizmat va boshqa sohalarni bevosita boshqarish.
Bunda davlat mulk sohibi va tadbirkor sifatida o‘ziga qarashli korxona va 
tashkilotlarning iqtisodiy hayotida faol qatnashadi. Davlat tadbirkorligi ma’lum 
doirada amal qilib, ko‘pincha texnologiya sharoiti xususiy kapital uchun qulay 
bo‘lmagan korxonalar doirasi bilan cheklanadi. Davlat tadbirkorligi bir tomondan, 
ma’lum sharoitlarda iqtisodiy o‘sish uchun zarur bo‘lsa, ikkinchi tomondan vaqt 
o‘tishi bilan samarasiz bo‘lib qolishi ham mumkin. Bunday holda ular xususiy 
tadbirkorlik obyektiga aylantiriladi. 
Mamlakatimizda «iqtisodiyotni erkinlashtirishdagi bosh vazifa – eng avvalo, 
davlatning boshqaruvchilik vazifalarini – funksiyalarini qisqartirish, uning 
korxonalar xo‘jalik faoliyatiga, birinchi galda xususiy biznes faoliyatiga 
aralashuvini cheklash»
1
hisoblanadi;
b) narxlar va ish haqini «muzlatib» qo‘yish siyosati.
Bu iqtisodiyotni 
tartibga solishning inflyatsiyaga qarshi tadbirlari hisoblanib, inflyatsiyani 
yumshatishga qaratiladi. Mazkur siyosatni yuritishda narxlar va ish haqini oshirish 
qonun bilan taqiqlanadi yoki ma’lum doira bilan cheklanadi. Inflyatsiyaga qarshi 
tadbirlar ta’sirida inflyatsiya darajasining pasayishi investitsiyalar hajmining 
oshishini rag‘batlantiradi;
v) ish bilan bandlik xizmati (mehnat birjalari) faoliyatini tashkil qilish.
Davlat bu faoliyatni tashkil qilish bilan ishsizlikni qisqartirish choralarini ko‘radi. 
Ularni zarur kasblarga qayta tayyorlaydi, ish bilan ta’minlanmaganlarga nafaqa 
beradi, muhtojlarga yordam ko‘rsatadi;
g) iqtisodiy sohani tartibga solishni ko‘zda tutuvchi qonunlarni ishlab 
chiqish va qabul qilish. 
Bunday qonunlar
 
qatoriga monopoliyaga qarshi 
qonunchilik, tadbirkorlik to‘g‘risidagi, bank sohalari, qimmatli qog‘ozlar 
bozorining faoliyatini tartibga solishni ko‘zda tutuvchi qonunlar kiradi. 
1
Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. T.: «Yangi asr avlodi», 2001, 62-bеt. 


660 
Shu orqali bozor munosabatlarining rivojlanishi qonun yo‘li bilan 
kafolatlanadi, turli mulk shakllarining daxlsizligi ta’minlanadi, monopoliyalarga 
yo‘l berilmaydi va erkin raqobat uchun sharoit yaratiladi.
Iqtisodiyotni bilvosita tartibga solishda iqtisodiy dastak va vositalarga 
ustunlik beriladi. U davlatning pul-kredit va budjet siyosatida o‘z ifodasini topadi.

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   493   494   495   496   497   498   499   500   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin