657
davlatning, aholining ma’lum qatlami daromadlarini oshirishga qaratilgan
tadbirlarining yana bir misolidir.
Davlat jamiyat a’zolari o‘rtasida daromadlarni
qayta taqsimlashda soliq
imtiyozlarini belgilash orqali soliq tizimidan ham keng foydalanadi.
Iqtisodiyotni barqarorlashtirish, ya’ni iqtisodiyotning
barcha sohalarini
resurslar bilan ta’minlash, to‘la bandlik va narxlarning barqaror darajasiga
erishishda yordam berish hamda iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish davlatning eng
muhim vazifasi hisoblanadi.
Iqtisodiyotda to‘la bandlikni ta’minlash uchun umumiy sarflar, ya’ni xususiy
va davlat sarflarining hajmi yetarli bo‘lmasa, davlat
bir tomondan ijtimoiy
ne’matlar va xizmatlarga o‘z sarflarini ko‘paytiradi, boshqa tomondan xususiy
sektor sarflarini rag‘batlantirish maqsadida soliqlarni qisqartiradi. Agar jami sarflar
to‘la bandlik sharoitida
taklif hajmidan oshib ketsa, bu narxlar darajasining
ko‘tarilishiga olib keladi. Jami sarflarning mazkur ortiqcha
darajasi inflyasion
xususiyat kasb etadi. Bunday holda davlat soliqlarni oshirish orqali xususiy sektor
sarflarini qisqartirish va shu yo‘l bilan ortiqcha sarflarni tugatishga harakat qiladi.
Iqtisodiyotda ishsizlik mavjud bo‘lganda davlat sarflarining ko‘payishi jami
sarflar, ishlab chiqarish hajmi va bandlilikning o‘sishiga olib keladi. O‘z
navbatida, soliqlarning qisqarishi yoki transfert to‘lovlarining ko‘payishi
daromadlarni ko‘paytiradi. Bu daromadlar shaxsiy sarflarning o‘sishini
rag‘batlantirishga xizmat qiladi.
Davlat o‘z ishlab chiqarishini moliyalashtirishdan tashqari ijtimoiy sug‘urta
va ijtimoiy ta’minotning bir qator dasturlarini amalga oshiradi,
iqtisodiyotning
xususiy va kooperativ sektorida daromadlarni qayta taqsimlaydi. Davlat tartibga
soluvchi xususiyatga ega bo‘lgan bir qator vaziyatlarni ham amalga oshiradi.
Bularga
atrof-muhitni himoya qilish, aholi sog‘lig‘ini saqlash, bo‘sh ishchi
o‘rinlariga ega bo‘lishning teng sharoitini ta’minlash va ma’lum
sohalarda narx
belgilash amaliyoti ustidan nazorat qilish va shu kabilarni kiritish mumkin.
Dostları ilə paylaş: