663
rivojini rag‘batlantirishga qaratilgan institutsional va tarkibiy islohotlarni
davom ettirish”
1
bo‘lib, unda quyidagilar belgilab berilgan.
- kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni keng rivojlantirish uchun qulay
ishbilarmonlik muhitini yaratish, tadbirkorlik tuzilmalarining faoliyatiga davlat,
huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari tomonidan noqonuniy
aralashuvlarning qat’iy oldini olish;
- davlat mulkini xususiylashtirishni yanada kengaytirish va uning tartib-
taomillarini
soddalashtirish,
xo‘jalik
yurituvchi
subyektlarning
ustav
jamg‘armalarida davlat ishtirokini kamaytirish, davlat mulki xususiylashtirilgan
obyektlar bazasida xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay shart-
sharoitlar yaratish;
- korporativ boshqaruvning zamonaviy standart va usullarini joriy etish,
korxonalarni strategik boshqarishda aksiyadorlarning rolini kuchaytirish;
- mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayonlarini tartibga solishda
davlat ishtirokini kamaytirish, davlat boshqaruvi tizimini markazlashtirishdan
chiqarish va demokratlashtirish, davlat-xususiy sheriklikni kengaytirish, nodavlat,
jamoat tashkilotlari va joylardagi o‘zini o‘zi boshqarish organlarining rolini
oshirish.
Bundan ko‘rinib turibdiki, 2017-2021 yillarda iqtisodiyotni boshqarishda
davlatning aralashuvi va ta’siri keskin kamaytirilib, o‘zini-o‘zi boshqarish tizimi
kuchaytiriladi.
Dostları ilə paylaş: