Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə488/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   484   485   486   487   488   489   490   491   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Xulosalar 
 
1. Pulning iqtisodiyotda o‘z vazifalarini bajarish jarayonida to‘xtovsiz 
harakatda bo‘lishi, tovarlar va xizmatlar ayirbosh qilish jarayonida qo‘ldan qo‘lga 
o‘tib, aylanib turishi pul muomalasi deyiladi. 
1
O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining 2017 yil 7 fеvraldagi “O‘zbеkiston Rеspublikasini yanada rivojlantirish 
bo‘yicha harakatlar stratеgiyasi to‘g‘risida”gi, PF-4947-sonli Farmoni. 1-ilova 3.1-bandi. 


644 
2. Jahonda tarixan shakllangan hamda har bir mamlakat tomonidan qonuniy 
ravishda mustahkamlab qo‘yilgan pul muomalasining turli tizimlari amal qiladi. 
Mamlakat pul tizimining muhim tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat: milliy pul 
birligi; naqd pul muomalasida qonuniy to‘lov vositasi sifatida amal qiluvchi 
qog‘oz, tanga va kredit pullar tizimi; pul emissiyasi, ya’ni belgilangan qonuniy 
tartibda pulni muomalaga chiqarish tizimi; pul muomalasini tartibga soluvchi 
davlat idoralari. 
3. Pul muomalasi naqd va kredit pullar yordamida amalga oshiriladi. Naqd pul 
muomalasiga bank biletlari va metall tangalar (pul belgilari) xizmat qiladi. Naqd 
pulsiz hisoblar cheklar, kredit kartochkalari, veksellar, akkreditivlar, to‘lov 
talabnomalari kabilar yordamida amalga oshiriladi. Bularning hammasi birgalikda 
pul agregati deb yuritiladi.
4. Muomalani ta’minlash uchun zarur bo‘lgan pul miqdori muayyan davr 
davomida sotilishi va sotib olinishi lozim bo‘lgan tovarlar summasi, pul birligining 
aylanish tezligi va kreditning rivojlanishi kabi omillarga bog‘liq bo‘ladi. 
5. Makroiqtisodiy beqarorlikning ko‘rinishlaridan biri inflyatsiya hisoblanib, u 
pul muomalasi qonunlarining buzilishi natijasida qog‘oz pul birliklarining 
qadrsizlanishi va shunga mos ravishda turli tovar narxlarining o‘sishida 
ifodalanadi. 
6. Kelib chiqish sabablariga ko‘ra talab inflyatsiyasi va taklif inflyatsiyasi 
farqlanadi. Talab inflyatsiyasi iqtisodiyotdagi barcha mavjud resurslar to‘liq 
foydalanilgan sharoitda ishlab chiqarish sohasi ortiqcha talabni qondira olmasligi 
natijasida kelib chiqadi. Taklif inflyatsiyasi ishlab chiqarilayotgan mahsulot 
birligiga qilinadigan xarajatlarning ko‘payishi hisobiga narxlarning oshishi 
natijasida kelib chiqadi. Shuningdek, o‘sish sur’atiga ko‘ra inflyatsiyaning 
o‘rmalab boruvchi, jadal va giperinflyatsiya; bashorat qilish mumkinligiga qarab 
kutilayotgan va kutilmagan inflyatsiya kabi turlari farqlanadi.
7.
 
Kredit bo‘sh turgan pul mablag‘larini ssuda fondi shaklida to‘plash va 
ularni pulga muhtoj bo‘lib turgan huquqiy va jismoniy shaxslarga ishlab chiqarish 


645 
va boshqa ehtiyojlari uchun ma’lum muddatga, foiz to‘lovlari bilan qaytarish 
shartida qarzga berish munosabatlarini ifodalaydi. 
Kredit resurslarining asosiy manbalari korxonalarning amortizatsiya 
ajratmalari; mahsulot sotishdan olingan pul tushumlari; korxonalarning ishlab 
chiqarish, fan va texnikani rivojlantirish fondlari, moddiy rag‘batlantirish fondlari; 
korxonalar foydasi; bankdagi budjet muassasalari, kasaba uyushmalari va boshqa 
ijtimoiy tashkilotlarning joriy pul resurslari; aholining bo‘sh pul mablag‘laridan 
iborat. 
8. Banklar pul mablag‘larini to‘plash, joylashtirish va ularning harakatini 
tartibga solish bilan shug‘ullanuvchi iqtisodiy muassasadir. Ular kredit 
munosabatlariga xizmat qilib, kreditning har xil shakllarini o‘z ichiga olib, kredit 
muassasalarining asosini tashkil qiladi. Banklar tizimi odatda ikki bosqichli bo‘lib, 
o‘z ichiga markaziy (emission) bank va tijorat (depozitli) banklarning tarmoq 
otgan shaxobchalarini oladi.

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   484   485   486   487   488   489   490   491   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin