638
-
ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng tatbiq etgan holda
naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimini takomillashtirish, ko‘rsatilayotgan bank
xizmatlari sifatini oshirish va ko‘lamini yanada kengaytirish
-
bank
nazoratini
xalqaro andoza va me’yorlar asosida yanada
takomillashtirish
-
respublika tijorat banklarida korporativ boshqaruv
tizimini rivojlantirib
borish
-
mikromoliyalash tizimi va nobank kredit tashkilotlari faoliyatini
rivojlantirish
Banklarning kapitali va mijozlardan jalb qilingan depozitlar hajmining o‘sishi
respublika iqtisodiyotining bazaviy tarmoqlarida ishlab chiqarishni tarkibiy
o‘zgartirish, modernizatsiya qilish, istiqbolli va yuqori samarali investitsiya
loyihalarini amalga oshirish, iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish,
xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashda
banklar
ishtirokini yanada kengaytirish imkonini bermoqda. Banklar tomonidan uzoq
muddatga ajratilgan investitsion kreditlardan olingan daromadlar bo‘yicha soliq
imtiyozlarining berilganligi banklarning ushbu jarayonlardagi ishtirokini
rag‘batlantirib kelmoqda. Natijada, tijorat banklari
tomonidan ustuvor tarmoq
korxonalarini modernizatsiya qilish hamda texnik qayta jihozlash uchun kreditlar
ajratilishi yanada faollashdi. So‘nggi yillarda bo‘sh pul mablag‘larini bank
aylanmasiga jalb etish hamda naqd pulsiz hisob-kitoblar hajmini kengaytirish
vositalaridan biri bo‘lgan plastik kartochkalardan foydalanish tizimi jadal
rivojlantirilmoqda. Hukumat qarorlariga asosan, plastik kartochkalar bo‘yicha
to‘lovlarni amalga oshirishda foydalaniladigan plastik
kartochkalar tizimiga oid
jihozlarni import qilishda bojxona imtiyozlarining berilganligi banklarning bu
boradagi faoliyatlarini yanada rag‘batlantirdi.
Naqd pulsiz hisob-kitoblarning zamonaviy va mijoz uchun qulay turlaridan
biri bo‘lgan bank hisobvaraqlarini masofadan boshqarish tizimining qo‘llash
doirasi kengayib, tadbirkorlar o‘rtasida tobora ommalashib bormoqda.
639
Hozirgi paytda bank hisobvaraqlarini masofadan boshqarish tizimlaridan
foydalanuvchilar soni oshib bormoqda, shundan «Internet-banking» va «Bank-
mijoz» dasturiy majmuasi xizmatlaridan foydalanuvchilar hamda «Mobil-banking»
va «SMS-banking» xizmatlaridan foydalanuvchilar qariyb 2 barobarga ko‘paydi.
O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidenti
2017
yil
24
yanvardagi
““O‘zagroeksportbank” aksiyadorlik tijorat bankini tashkil qilish to‘g‘risida”gi
PQ-2740-sonli Qaroriga muvofiq yangi bank barpo etildi.
Uning asosiy maqsadi
Eksport qiluvchi tashkilotlarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, meva-sabzavot
mahsulotlarining eksport imkoniyatlarini samarali va barqaror rivojlantirishni
ta’minlash, agrosanoat mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar
va aholi uchun yanada
qulay shart-sharoitlar yaratish hamda ularga keng ko‘lamdagi bank-moliya xizmat
turlarini ko‘rsatish bo‘lib hisoblanadi.
“Eksport qiluvchi tashkilotlarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, meva-sabzavot
mahsulotlarining eksport imkoniyatlarini samarali va barqaror rivojlantirishni
ta’minlash, agrosanoat mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar va aholi uchun yanada
qulay shart-sharoitlar yaratish hamda ularga keng ko‘lamdagi bank-moliya xizmat
turlarini ko‘rsatadi”
1
.
Dostları ilə paylaş: