– bu kreditning pulsiz shakli bo‘lib, odatda ishlab chiqarish vositalari va boshqa moddiy boyliklarni keyinchalik foydalanuvchilar tomonidan muntazam ravishda haq to‘lab borib, sotib olish sharti bilan uzoq muddatli ijaraga berishdan iborat. Lizing bo‘yicha bitimlar 1 yildan to 10 yilga
qadar tuzilishi mumkin. Odatda ishlab chiqarish vositalarini ularning egalari
bevosita emas, balki maxsus lizing kompaniyalari orqali ijaraga beradilar.
Faktoring – boshqa iqtisodiy subyektlarning qarzdorlik bo‘yicha majburiyatlarini sotib olish yoki qayta sotish munosabatlari. Bunda bank
korxonalarning «debitorlik hisob varaqalari»ni o‘zi uchun foydali shartlar asosida
naqd pulga sotib oladi, keyin esa bu qarzlarni qarzdordan undirib oladi.
Forfeyting – faktoring munosabatlarining uzoq muddatli shakli. Bunda
qarzdorlik bo‘yicha huquqlarni sotib olgan bank ularni odatda 1-5 yil vaqt
o‘tgandan so‘ng undirishi mumkin bo‘ladi.
Trast – bu mijozlarning kapitallarini boshqarish bo‘yicha operatsiyalar majmui. Kredit berish quyidagi
tamoyillarga asoslanadi:
- ssuda berishning maqsadli tavsifi;
- kreditning rasmiylashtirilgan muddatda qaytarilishi;
- ssudaning moddiy ta’minlanganligi va to‘lovliligi.
Qarzga berilgan ssudaning albatta qaytarilib berilishi, undan foydalanilganlik
uchun olingan foydadan ssuda foizini to‘lash zarurati korxonalarni xo‘jalik
yuritishning eng samarali usullarini izlab topishga undaydi.
Qarzga (ssudaga) berilgan pul hisobiga olinadigan daromad foiz yoki foizli daromad deyiladi. Shu daromad (foiz)ning qarzga berilgan pul