Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə483/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   479   480   481   482   483   484   485   486   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Tijorat banklari
o‘zlarining xo‘jalik mavqeiga ko‘ra aksionerlik tipidagi 
muassasalar hisoblanadi. Huquqiy mavqeiga ko‘ra, faoliyatning biron bir turiga 
xizmat ko‘rsatuvchi, ixtisoslashgan yoki milliy bank bo‘lishi mumkin. 
Ixtisoslashgan tijorat banklar
– iqtisodiyotning turli sohalarida tijorat 
tamoyillarida kredit-pul operatsiyalarining muayyan turlarini amalga oshiradi. 
Jumladan, respublikamizda Sanoat qurilish banki – sanoat, transport, aloqa va 
moddiy-texnika ta’minoti sohalarida; Agrobank – agrosanoat majmui tarmoqlari va 
sohalarida; Tadbirkor banki kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, kooperativ va 
yakka tartibdagi mehnat faoliyati sohasida kredit-pul operatsiyalarini amalga 
oshiradi. 
Xalq banki
– mamlakatda omonat ishlarini tashkil etish, naqd pulsiz hisob-
kitob qilish va aholi uchun kassa vazifasini amalga oshirish, aholiga shaxsiy 
ehtiyojlarga kredit berish kabi operatsiyalarni ta’minlaydi. 
Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki
eksport-import operatsiyalarini 
bevosita amalga oshiruvchi korxona va muassasalarga kredit beradi, qo‘shma 
korxonalarga kredit berishda qatnashadi, yig‘ma valyuta rejasining ijrosini, valyuta 
resurslaridan tejab foydalanishini nazorat qiladi, shuningdek, tashqi iqtisodiy 
operatsiyalarga oid hisob-kitoblarni tashkil qiladi va amalga oshirishni ta’minlaydi. 
Tijorat banklari tizimida tor ixtisoslashuvi bo‘yicha investitsion va ipoteka 
banklarini ajratib ko‘rsatish lozim. 
Investitsion banklar
– maxsus kredit muassasalari bo‘lib, obligatsiya hamda 
qarz majburiyatlarining boshqa turlarini chiqarish yo‘li bilan uzoq muddatli ssuda 
kapitalini jalb qiladi va ularni mijozlar (asosan, davlat va tadbirkorlar) ga taqdim 
qiladi. 
Investitsion kompaniyalar
o‘zlarining qimmatli qog‘ozlarini chiqarish yo‘li 
bilan huquqiy investorlar pul resurslarini to‘playdi va ularni korxona (milliy va 
chet el)lar aksiya va obligatsiyalariga joylashtiradi. Bunday kompaniyalar to‘liq 


637 
investorlar manfaatini ifodalaydi va ularning asosiy maqsadi qo‘yilgan kapital 
hisobiga foyda olish hisoblanadi. 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   479   480   481   482   483   484   485   486   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin