Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə479/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   475   476   477   478   479   480   481   482   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Tijorat krediti
– korxonalar, birlashmalar va boshqa xo‘jalik yurituvchi 
subyektlarning bir-biriga beradigan krediti.
Tijorat krediti, avvalo, to‘lovni 
kechiktirish yo‘li bilan tovar shaklida beriladi. 
Iste’mol krediti
xususiy shaxslarga, birinchi navbatda, uzoq muddat 
foydalanadigan iste’mol tovarlari (mebel, avtomobil, televizor va boshqalar) 
sotib olish uchun ma’lum muddatga beriladigan kredit.
U chakana savdo 
magazinlari orqali tovarlarning haqini kechiktirib to‘lash bilan sotish shaklida yoki 
iste’mol maqsadlarida bank ssudalari berish shaklida amalga oshiriladi. Iste’mol 
kreditidan foydalanganlik uchun ancha yuqori foiz undiriladi. 
Ipoteka krediti – ko‘chmas mulklar (er, bino) hisobiga uzoq muddatli 
ssudalar shaklida
beriluvchi kredit.
Bunday ssudalar berish vositasi, banklar va 
korxonalar tomonidan chiqariladigan ipoteka obligatsiyalari hisoblanadi. 
Davlat krediti
– davlat pul mablag‘lari qarzdori, aholi va xususiy biznes 
esa kreditorlari bo‘lib chiqadigan kredit munosabatlarining o‘ziga xos shakli.
Davlat krediti mablag‘lari manbai bo‘lib, davlat qarz obligatsiyalari xizmat qiladi. 
Davlat kreditning bunday shaklida, avvalo, davlat budjeti kamomadini qoplash 
uchun foydalanadi. 


633 
Xalqaro kredit
– ssuda kapitalining xalqaro iqtisodiy munosabatlar 
sohasidagi harakatini namoyon etuvchi shakli.
Xalqaro kredit tovar yoki pul 
(valyuta) shaklida beriladi. Kreditor va qarz oluvchilar banklar, xususiy firmalar, 
davlat, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar hisoblanadi. 
So‘nggi vaqtlarda kreditlashning lizing, faktoring, forfeyting, trast kabi 
shakllari keng rivojlanib bormoqda. 
Lizing

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   475   476   477   478   479   480   481   482   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin