1 0 Q 2 Q 1 Real YaMM 22.2-rasm. Taklif inflyatsiyasi Rasmdan ko‘rinadiki, xarajatlarning o‘sishi natijasida yalpi taklif egri
chizig‘ining AS
1
dan AS
2
ga qisqarishi mahsulot birligiga to‘g‘ri keluvchi xarajat
miqdorini oshirib, narxlarning R
1
dan R
2
darajaga qadar ko‘tarilishiga, real ishlab
chiqarish hajmining esa Q
1
dan Q
2
ga qadar qisqarishiga olib keladi.
Shuningdek, inflyatsiyaning quyidagi sabablarini ham ko‘rsatish mumkin:
- monopolistik faoliyatlarning paydo bo‘lishi va amal qilishi;
- noto‘g‘ri soliq siyosati yuritish;
- jahon bozorlaridagi narxlarning o‘sishi;
- harbiy sohadagi xarajatlarning o‘sishi va hokazo.
Mahsulot birligiga ishlab chiqarish xarajatlarining ortishi iqtisodiyotda
foydani va mahsulot hajmini qisqartiradi. Natijada tovarlar taklifi ham qisqaradi.
Bu o‘z navbatida narx darajasini oshiradi. Ishlab chiqarish xarajatlari nominal ish
haqi, xomashyo va energiya narxlarining o‘sishi hisobiga ortib boradi.
Inflyatsiyaning o‘rmalab boruvchi, jadal va giperinflyatsiya kabi turlari ham
mavjud.