1. Talab inflyatsiyasi. Narx darajasining an’anaviy o‘zgarishi jami talab
ortiqchaligi bilan tushuntiriladi. Iqtisodiyotning ishlab chiqarish sohasi
mahsulotning real hajmini ko‘paytirib, ortiqcha talabni qondira olmaydi. Chunki
barcha mavjud resurslar to‘liq foydalanilgan bo‘ladi. Shu sababli bu ortiqcha talab
narxning oshishiga olib keladi va talab inflyatsiyasini keltirib chiqaradi. Talab
inflyatsiyasini quyidagi rasm orqali izohlash mumkin (22.1-rasm).
Rasmdan ko‘rinadiki, iqtisodiyotdagi pul hajmining ko‘payishi qisqa muddat
ichida yalpi talabni AD
1
dan AD
2
ga siljishiga olib keladi. Agar bu vaqtda
iqtisodiyotning holati yalpi taklif egri chizig‘ining oraliq (2) yoki tik (klassik) (3)
kesmasiga mos kelsa, bu narx darajasining o‘sishiga, ya’ni talab inflyatsiyasining
ro‘y berishiga olib keladi.
Narxlar darajasi AS 3 P 2
AD 2 2 P 1
1 AD 1 0 Q 1 Q 2 Real YaMM 22.1-rasm. Talab inflyatsiyasi 2. Taklif inflyatsiyasi. Inflyatsiya ishlab chiqarish xarajatlari va bozordagi
taklifning o‘zgarishi natijasida ham kelib chiqishi mumkin. Ishlab chiqarish
xarajatlarining o‘sishi natijasida kelib chiqadigan inflyatsiya mahsulot birligiga
qilinadigan xarajatlarning ko‘payishi hisobiga narxlarning oshishini bildiradi. Bu
holatni ham rasm orqali ko‘rib chiqamiz (22.2-rasm).