Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə470/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   466   467   468   469   470   471   472   473   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Pul taklifi multiplikatori
– bu bankdagi pul depozitlari qo‘shimcha 
ravishda o‘sgan hajmining majburiy zaxiralar qo‘shimcha hajmiga nisbati 
bo‘lib, pul mablag‘larining bir birlikka ko‘payishi iqtisodiyotdagi pul 
taklifining qanchaga o‘sishini ko‘rsatadi:
r
m
ёки
R
M
m
s
1



bu yerda: 
m – pul taklifi multiplikatori koeffitsienti; 
M
s
– bankdagi pul depozitlarining qo‘shimcha ravishda o‘sgan hajmi;
R – majburiy zaxiralar qo‘shimcha hajmi; 
r – majburiy zaxiraning foizdagi me’yori. 
Masalan, Markaziy bank tomonidan o‘rnatilgan majburiy zaxira me’yori 
20%ni tashkil etsin. Agar tijorat bank aktivi 100 mln. so‘m deb olsak, u holda pul 
taklifi multiplikatori 5 ga teng bo‘ladi (100 mln. so‘m/20 mln. so‘m). Bu esa tijorat 
banki 500 mln. so‘m hajmida (100 mln. so‘m x 5) yangi pullarni muomalaga 
chiqarish imkoniga ega ekanligini ko‘rsatadi. 
Pulga talab ikki qismdan iborat bo‘lishi mumkin: ayirboshlash uchun zarur 
bo‘lgan pulga bo‘lgan talab hamda aktivlar sotib olish uchun zarur bo‘lgan pulga 
talab. 
Ayirboshlash uchun zarur bo‘lgan pulga bo‘lgan talab aholining kundalik 
shaxsiy ehtiyojlari, korxonalarning ish haqi to‘lash, material, yoqilg‘i va shu 
kabilarni sotib olish uchun kerak bo‘lgan pul miqdorini ifodalaydi. Ayirboshlash 
uchun zarur bo‘lgan pul miqdori biz yuqorida ko‘rsatgan formula bilan aniqlanadi. 
Ushbu formulaga asosan aholi va korxonalarga ikki holda ayirboshlash uchun 
ko‘proq pul talab qilinadi: narxlar o‘sganda va ishlab chiqarish hajmi ko‘payganda. 
Kishilar o‘zlarining moliyaviy aktivlarini har xil shakllarda, masalan, 
korporatsiya aksiyalari, xususiy yoki davlat obligatsiyalari shaklida ushlab 
turishlari mumkin. Demak, aktivlar tomonidan, ya’ni investitsiyalar uchun pulga 
talab ham mavjud bo‘ladi. 


623 
Aktivlar tomonidan pulga talab foiz stavkasiga teskari mutanosiblikda 
o‘zgaradi. Foiz stavkasi past bo‘lsa, kishilar ko‘proq miqdordagi naqd pulga egalik 
qilishni afzal ko‘radi. Aksincha, foiz yuqori bo‘lganda pulni ushlab turish foydasiz 
va aktivlar shaklidagi pul miqdori ko‘payadi. Shunday qilib, pulga bo‘lgan 
umumiy talab aktivlar tomonidan pulga bo‘lgan talab va ayirboshlash uchun pulga 
bo‘lgan talabning miqdori bilan aniqlanadi. 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   466   467   468   469   470   471   472   473   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin