Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


Qog‘oz pul muomalasi qonunlari oltin pul muomalasidan farq qilib, uni



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə466/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   462   463   464   465   466   467   468   469   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Qog‘oz pul muomalasi qonunlari oltin pul muomalasidan farq qilib, uni 
quyidagicha ifodalash mumkin: 
- qog‘oz pul qancha miqdorda chiqarilmasin, unda belgilangan qiymat 
miqdori muomala uchun zarur bo‘lgan oltin pul miqdorining qiymatiga teng 
bo‘ladi; 
- qog‘oz pulning har bir birligida belgilangan qiymat miqdori muomala uchun 


619 
zarur bo‘lgan oltin pul qiymatining muomalaga chiqarilgan qog‘oz pul miqdori 
nisbatiga mos keladi. 
Qog‘oz pul tizimi amal qilib turgan davrdan buyon o‘tgan real iqtisodiy hayot 
shuni ko‘rsatadiki, oltin pul muomaladan chiqarilgan va qog‘oz pullarning oltin 
pul bilan aloqasini yo‘qotishga rasman urinilgan bo‘lsada, uning nominal qiymat 
belgisi sifatidagi harakatida oltin pul bilan bo‘lgan aloqasi hozirgacha obyektiv 
ravishda saqlanib qolgan. Faqat u modifikatsiyalashib, murakkablashib 
bormoqdaki, natijada uni mantiqiy mushohada qilish orqali tushunish ancha 
qiyinlashadi. Shuning uchun ham qog‘oz pullar har bir davlatning maxsus qonuni 
bilan muomalaga chiqariladi. Bu qonunda pulning belgisi, birliklari, miqyoslari va 
chet el valyutalari bilan rasmiy almashuv tartibi o‘rnatiladi. Ammo uning qiymat 
belgisi sifatida qancha qiymatga ega ekanligini hech qanday davlat qonuni bilan 
o‘rnatib bo‘lmaydi, u faqat obyektiv iqtisodiy qonun – pul muomalasi qonuni 
asosida o‘rnatiladi va amal qiladi
1
.
Milliy iqtisodiyotda davlatning, tijorat banklari va boshqa moliyaviy 
muassasalarning majburiyatlari pul sifatida foydalanadi. Pul operatsiyalarining 
asosiy ko‘pchilik qismi naqd pulsiz, cheklar va unga tenglashtirilgan moliyaviy 
aktivlar yordamida amalga oshiriladi. Shu sababli muomalada bo‘lgan pul 
miqdorini hisoblash uchun 
M
1
...M
n
pul agregatlari yoki tarkibiy qismi
tushunchasidan foydalaniladi. 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   462   463   464   465   466   467   468   469   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin