Pul bozori – bu mamlakatdagi pul miqdori hamda foiz stavkasining turli
darajalarida pul mablag‘lariga bo‘lgan talab va pul taklifining o‘zaro nisbatini
ifodalovchi mexanizm.
Pul taklifi – bu bozorda pul sifatida muomalada bo‘lgan turli-tuman
moliyaviy mablag‘lar, ya’ni pul agregatlari yig‘indisi hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar
strategiyasining Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor
yo‘nalishlariga bag‘ishlangan qismida
“ilg‘or xalqaro tajribada qo‘llaniladigan
instrumentlardan foydalangan holda pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirish,
shuningdek valyutani tartibga solishda zamonaviy bozor mexanizmlarini
bosqichma-bosqich joriy etish, milliy valyutaning barqarorligini ta’minlash”
1
kuzda tutilgan.
Tijorat banklari o‘z ixtiyorlarida bo‘lgan aktivlari hisobiga yangi pullarni
hosil qilishlari, ya’ni ularni bank krediti sifatida mijozlariga berishlari mumkin.
To‘g‘ri, ularning bu faoliyatlari Markaziy bank tomonidan o‘rnatiluvchi majburiy
zaxira me’yorlari orqali cheklanadi. Ya’ni, tijorat banki o‘zining joriy xarajatlarini
qoplashi hamda mijozlar tomonidan kreditlar qaytarilmasligi xavfining oldini olish
maqsadida ma’lum miqdordagi pul mablag‘larini zaxira sifatida saqlashi lozim.
Aktivlarning qolgan qismi esa muomalaga chiqarilib, u ma’lum muddatdan so‘ng
yana bankka qaytishi hamda majburiy zaxira me’yoridan ortiqcha qismi yana
muomalaga chiqarilishi mumkin. To‘xtovsiz ravishda takrorlanuvchi bu jarayon
pul taklifi multiplikatori yoki bank multiplikatori deyiladi.
1
O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining 2017 yil 7 fеvraldagi “O‘zbеkiston Rеspublikasini yanada rivojlantirish
bo‘yicha harakatlar stratеgiyasi to‘g‘risida”gi, PF-4947-sonli Farmoni