625
tarkibidan chiqarib, muomalaga kiritilgan. Bu esa boshqa sharoitlar o‘zgarmagan
holda oltin va kumush pullar inflyatsiyaga uchramasligini anglatadi.
Real qiymatga ega bo‘lmagan qog‘oz pullarning muomalaga kirib kelishi esa
inflyatsiyaning kelib chiqishi uchun asosiy manba hisoblanadi. Chunki qog‘oz
pullarni jamg‘arma sifatida muomaladan chiqarish kam samarali va ishonchsiz
vosita bo‘lib, ular pullarning ortiqchaligi sharoitida ham muomalada qoladilar.
Natijada muomalada ortiqcha qog‘oz pullarning ko‘payishi mavjud yalpi talabni
yanada kuchaytirib, narxlarning o‘sishini tezlashtiradi.
Inflyatsiya bozor xo‘jaligining har xil sohalarida takror ishlab chiqarish
nomutanosibliklari tug‘diradigan murakkab ijtimoiy-iqtisodiy hodisadir. Biroq,
shuni ham nazarda tutish kerakki, alohida tovar bozorlaridagi talab va taklif
nisbatining har qanday buzilishi ham inflyatsiyani keltirib chiqaravermaydi.
Shuningdek, iqtisodiyotdagi davriy o‘zgarishlar, masalan, talabning mavsum bilan
bog‘liq holda oshishi yoki tabiiy ofatlar natijasida tovarlarga talabning kuchayishi
keltirib chiqargan narxlarning o‘sishi inflyatsiyani anglatmaydi. Bu narxlar ma’lum
muddat o‘tgach, bozordagi talab va taklif nisbati muvozanatga kelgach, yana
pasayishi mumkin. Yuqoridagilardan xulosa qilib inflyatsiyaga quyidagicha ta’rif
berishimiz mumkin:
Dostları ilə paylaş: