627
Ba’zi bir mamlakatlarda inflyatsiya sur’ati juda yuqori bo‘lganligi sababli,
narxlarning qancha vaqt mobaynida 2 baravar o‘sishi mumkinligi «70
miqdori
qoidasi» yordamida aniqlanadi. Buning uchun 70 sonini inflyatsiyaning o‘rtacha
yillik darajasiga bo‘linadi. Bizning misolimida bu ko‘rsatkich deyarli 19
yilni
(70/3,7 =18,9) tashkil etadi, ya’ni inflyatsiyaning yillik 3,7% darajasida 19 yildan
so‘ng iqtisodiyotdagi narxlar 2 baravarga o‘sadi.
Mamlakatimizda inflyatsiyaning asosiy ko‘rsatkichlarini
quyidagi jadval
orqali ifodalash mumkin (22.2-jadval).
22.2-jadval
O‘zbekiston Respublikasida inflyatsiyaning asosiy ko‘rsatkichlari
(o‘tgan yilning mos davriga nisbatan narxlarning o‘sishi, foizda)
1
Yillar
Oziq-ovqat tovarlari
Nooziq-ovqat
tovarlari
Xizmatlar
2011
6,6
4,8
14,2
2012
5,1
4,3
16,5
2013
3,9
7,4
13,8
2014
2,2
7,3
11,3
2015
1,3
8,8
10,7
2016
2,5
7,2
9,6
2017
9,4
10,3
7,2
2018
14,1
10,4
14,8
2019
16,7
10,8
15,0
Inflyatsiyaning maxsulotlar guruxlari bo‘yicha
tarkibida oziq-ovqat va
nooziq-ovqat mahsulotlari narxlari xizmatlarga nisbatan yuqoriroq sur’tlarda o‘sdi.
Xususan, 2019 yilda oziq-ovqat maxsulotlari guruhi bo‘yicha narxlar o‘rtacha 16,7
foiz (2011 yilda o‘sish 6,6 foiz)ga o‘sdi. Nooziq-ovqat
maxsulotlari guruxi
1
2017 yilda Pul-krеdit sohasidagi vaziyat va monеtar siyosatning 2018 yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari //
O‘zbеkiston Rеspublikasi Markaziy banki xisoboti.
http://www.cbu.uz/uzc/node/47130
; 2018
yilda Pul-krеdit
sohasidagi vaziyat va monеtar siyosatning 2019 yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari // O‘zbеkiston Rеspublikasi
Markaziy banki xisoboti.
http://www.cbu.uz/uzc/node/47130
628
bo‘yicha narxlar 10,8 foiz (2011 yilda o‘sish 4,8 foiz)ga oshdi. Xizmatlar
tariflarining 15,0 foizga oshishi (2011 yilda o‘sish 14,2 foiz) kuzatildi.
Kelib chiqish sabablari va o‘sish sur’atlariga qarab, inflyatsiyaning bir qancha
turlarini farqlash mumkin.
Dostları ilə paylaş: