Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


pul miqdorining o‘sishini tovarlar va



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə487/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   483   484   485   486   487   488   489   490   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

pul miqdorining o‘sishini tovarlar va 
xizmatlar miqdorining tegishli darajada o‘sishi bilan bog‘lab olib borish
ga 
qaratilgan tadbirlar tashkil qilishi zarur. Chunki xarid qilish uchun mollar yetarli 
bo‘lmagan holda aholi qo‘lida pulning ortiqcha ko‘payib ketishi inflyatsiyaning 
yanada avj olib ketishiga, oxir- oqibatda inqirozlarga sabab bo‘ladi. Pul miqdori 
bilan birga narxlarning ham tobora o‘sib borishi muqarrar ravishda, uzoq davom 
etadigan giperinflyatsiyani keltirib chiqaradi. Bu o‘z navbatida, milliy ishlab 
chiqarishning izidan chiqishi, aholi keng tabaqalarining qashshoqlashuvi va butun 
ijtimoiy tizimning barbod bo‘lishi xavfini tug‘diradi. 
So‘mning barqarorligini ta’minlashda 
naqd pul emissiyasining o‘sishiga, 
aholi qo‘lida pulning harakatsiz turib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik
birinchi 
darajali ahamiyatga ega. Bunda muomalaga chiqarilgan pul miqdorining o‘z 
vaqtida qaytarilishiga erishish, mahsulot ishlab chiqarishning o‘sishini 
ta’minlamagan korxonalarga kreditlar berilishiga yo‘l qo‘ymaslik choralari 
ko‘rilishi kerak. 
Inflyatsiyani pasaytiruvchi qudratli omil 
milliy valyuta almashuv kursining 
barqarorlashuviga 
erishish
dir. Bu o‘z navbatida import narxlarning 
barqarorlashuviga olib keladiki, natijada ichki bozordagi narxlar o‘zgaradi.
O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar 
strategiyasining ishlab chiqilishi natijasida undagi ko‘rsatilgan bir qator vazifalar 


643 
ham mamlakatimizdagi milliy valyutani mustahkamlash siyosatida o‘ziga xos 
samara beradi. Jumladan: 
- ilg‘or xalqaro tajribada qo‘llaniladigan instrumentlardan foydalangan holda 
pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirish, shuningdek valyutani tartibga 
solishda zamonaviy bozor mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish, milliy 
valyutaning barqarorligini ta’minlash; 
- bank tizimini isloh qilishni chuqurlashtirish va barqarorligini ta’minlash, 
banklarning kapitallashuv darajasi va depozit bazasini oshirish, ularning moliyaviy 
barqarorligi va ishonchliligini mustahkamlash, istiqbolli investitsiya loyihalari 
hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini kreditlashni yanada 
kengaytirish; 
- sug‘urta, lizing va boshqa moliyaviy xizmatlarning hajmini ularning yangi 
turlarini joriy qilish va sifatini oshirish hisobiga kengaytirish, shuningdek kapitalni 
jalb qilish hamda korxona, moliyaviy institutlar va aholining erkin resurslarini 
joylashtirishdagi muqobil manba sifatida fond bozorini rivojlantirish; 
- xalqaro iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish, jumladan, yetakchi 
xalqaro va xorijiy moliyaviy institutlar bilan aloqalarni kengaytirish, puxta 
o‘ylangan tashqi qarzlar siyosatini amalga oshirishni davom ettirish, jalb qilingan 
xorijiy investitsiya va kreditlardan samarali foydalanish.
1
O‘z navbatida, Markaziy bank tomonidan amalga oshirilgan pul bozoridagi 
operatsiyalari muomaladagi pul massasini boshqarish, bank tizimi likvidligini 
tartibga solish va foiz stavkalari barqarorligini ta’minlashga qaratildi. 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   483   484   485   486   487   488   489   490   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin