690
Nominal daromad
– aholi tomonidan pul shaklida
olingan daromadlari
summasi.
Ixtiyorida bo‘lgan daromad
– barcha soliqlar to‘langandan
keyin qolgan
daromad, ya’ni shaxsiy iste’mol va jamg‘arma maqsadlarida foydalanish mumkin
bo‘lgan daromad.
Real daromad
– narx darajasi o‘zgarishini hisobga olib aholi ixtiyoridagi
daromadning zarur bo‘lgan moddiy va ma’naviy ne’matlarni sotib olishga etadigan
quvvati, ya’ni aholi daromadining xarid quvvati.
Lorens egri chizig‘i
– daromadlar tengsizligi darajasini
miqdoriy jihatdan
ifodalovchi geometrik egri chiziq.
Ijtimoiy to‘lovlar
– kam ta’minlanganlarga pul yoki natural shaklda yordam
ko‘rsatishga qaratilgan turli xil to‘lovlar.
Ijtimoiy siyosat
– davlatning daromadlar taqsimotidagi tengsizlikni,
iqtisodiyot qatnashchilari o‘rtasidagi ziddiyatlarni bartaraf qilishga yo‘naltirilgan
siyosat.
Kambag‘allik
- insonning hattoki birlamchi ehtiyojlarini to‘liq
qondirish
uchun yetarli bo‘lmagan pul daromadiga va moddiy mol-mulkka ega emasligidir.
Takrorlash uchun savol va topshiriqlar
1.
Davlatning aholi daromadlarini shakllantirish
siyosati deganda nimani
tushunasiz? Ijtimoiy adolatni ta’minlashda bu siyosatning roli qanday?
2.
Aholi daromadlari tushunchasini va uning darajasiga ta’sir ko‘rsatuvchi
omillarni sanab ko‘rsating.
3.
Turmush darajasi va uning tushunchasiga izoh bering. Turmush darajasini
qanday ko‘rsatkichlar tavsiflab beradi?
4.
Daromadlar tengsizligining asosiy sabablarini sanab ko‘rsating va
tushuntirib bering.
5.
Lorens egri chizig‘i nimani anglatadi?
Uning mazmunini misollar
yordamida bayon qiling.
691
6.
Jini koeffitsienti qanday aniqlanadi? Rivojlangan mamlakatlarda mazkur
koeffitsient qiymatining o‘zgarish tendensiyalari nima bilan izohlanadi?
7.
O‘zbekistonda davlat yordam dasturlari tizimini isloh qilish va
uni hozirgi
davrdagi asosiy yo‘nalishlarini izohlang.
8.
Mamlakatimizda «Ijtimoiy himoya yili» davlat dasturi doirasida qanday
ishlar amalga oshirildi?
9.
Keyingi yillarda O‘zbekistonda aholi daromadlarini
oshirish borasida
qanday natijalar qo‘lga kiritilmoqda?
10. Mamlakatimizdagi aholi daromadlari tarkibining o‘zgarishida qanday
tendensiyalar kuzatilmoqda?