735
Xulosalar
1. Xalqaro iqtisodiy integratsiya – bu mamlakatlarning chuqur, barqaror
o‘zaro iqtisodiy aloqalarining rivojlanishi, milliy xo‘jaliklar o‘rtasidagi mehnat
taqsimoti asosida ular xo‘jalik va siyosiy aloqalarining
chatishib ketish
jarayonlaridir. Xalqaro iqtisodiy integratsiyaning asosiy shakllari sifatida erkin
savdo hududlari, bojxona ittifoqi, to‘lov ittifoqi,
umumiy bozor, iqtisodiy va
valyuta ittifoqini ko‘rsatish mumkin.
2. Xalqaro iqtisodiy integratsiya jarayonini obyektiv tavsifdagi bir qator
omillar taqozo qiladiki, ularning ichida xo‘jalik aloqalarining baynalminallashuvi
va
globallashuvi; xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvi; umumjahon fan-
texnika revolyusiyasi; milliy iqtisodiyot ochiqligining kuchayishi kabilar asosiy
o‘rinni egallaydi.
3. Turli mamlakatlardagi integratsiyaning
turli elementlari bir xilda
rivojlanmaydi. Shunga ko‘ra, integratsiyaning qat’iy (bir tomonlama nafli)
integratsiya, tasodifiy integratsiya, moslashuvchan (ikki tomonlama nafli)
integratsiya kabi turlari farqlanadi.
4. Bugungi kunda O‘zbekistonning jahon xo‘jaligiga integratsiyalashuvi ko‘p
darajali tizim sifatida amal qilib, uni quyidagi beshta darajaga ajratish mumkin:
global; transkontinental; mintaqalararo;
mintaqaviy; mahalliy. Har bir darajadagi
integratsion aloqalarning o‘ziga xos vazifalari mavjud.
5. O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatini amalga oshirishning asosiy
tamoyillari teng huquqlilik va o‘zaro manfaatdorlik negizida qurilib, uning
qoidalari ikki tomonlama va ko‘p tomonlama shartnoma munosabatlarida o‘zaro
manfaatli aloqalar o‘rnatish, xalqaro iqtisodiy ittifoqlar
doirasidagi hamkorlikni
chuqurlashtirishga asoslandi.