Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


 Xalqaro savdoning mazmuni, tuzilishi va xususiyatlari



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə563/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   559   560   561   562   563   564   565   566   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

 
27.2. Xalqaro savdoning mazmuni, tuzilishi va xususiyatlari 
 
Hozirgi jahon rivojining xususiyatli belgisi tashqi iqtisodiy aloqalarning, 
avvalo, tashqi savdoning tez o‘sishi hisoblanadi. Tashqi savdo xalqaro 
hamkorlikning ishlab chiqarish, ilmiy-texnika va boshqa shakllari (kadrlarni 
tayyorlash, turizm va h.k.) bilan bir qatordagi xalqaro iqtisodiy munosabatlarning 
muhim shakli hisoblanadi. Barcha mamlakatlar tashqi savdosi majmui xalqaro 
savdoni tashkil etadi. 


745 
Xalqaro savdo – bu turli mamlakat xo‘jaliklari o‘rtasidagi tovar va 
xizmatlarni ayirboshlash jarayonida sodir bo‘ladigan munosabatlar 
majmuidir.
Xalqaro savdo qadimdan mavjud bo‘lsada, faqat XIX asrga kelib, 
ya’ni deyarli barcha rivojlangan mamlakatlar xalqaro savdo aloqalarida ishtirok eta 
boshlashi bilan jahon bozori shakliga kirdi.
Xalqaro savdo tashqi savdo aylanmasi, eksport va import, savdo balansi kabi 
ko‘rsatkichlar bilan tavsiflanadi. 
Eksport – mazkur mamlakatda ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlarni 
mamlakatdan tashqariga chiqarilib chet ellik mijozlarga sotishdir.
Eksportning iqtisodiy samaradorligi, foydaliligi shu bilan aniqlanadiki, mazkur 
mamlakatda ishlab chiqarish xarajatlari tovarni import qiluvchi mamlakatlar 
xarajatlaridan past bo‘lgan mahsulotlarni chetga chiqaradi. Bunda eksportda 
olinadigan yutuq hajmi mazkur tovar milliy va jahon narxlarining nisbatiga, 
mazkur tovarning xalqaro aylanmasida ishtirok etuvchi mamlakatlarning mehnat 
unumdorligiga bog‘liq. 
Xalqaro savdoda 
tovarlarning eksport tarkibi
fan-texnika revolyusiyasi va 
xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvi ta’siri ostida o‘zgaradi. Hozirgi 
davrda xalqaro savdoning eksport tarkibida qayta ishlovchi sanoat mahsulotlari 
yetakchi o‘ringa ega bo‘lib, uning hissasiga jahon tovar ayirboshlashining 3/4 
qismi to‘g‘ri keladi. Oziq-ovqat, xomashyo va yoqilg‘i ulushi faqat 1/4 qismini 
tashkil qiladi. 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   559   560   561   562   563   564   565   566   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin