745
Xalqaro savdo – bu turli mamlakat xo‘jaliklari o‘rtasidagi tovar va
xizmatlarni ayirboshlash jarayonida sodir bo‘ladigan munosabatlar
majmuidir.
Xalqaro savdo qadimdan mavjud bo‘lsada, faqat XIX asrga kelib,
ya’ni deyarli barcha rivojlangan mamlakatlar xalqaro savdo aloqalarida ishtirok eta
boshlashi bilan jahon bozori shakliga kirdi.
Xalqaro savdo tashqi savdo aylanmasi, eksport va import, savdo balansi kabi
ko‘rsatkichlar bilan tavsiflanadi.
Eksport – mazkur mamlakatda ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlarni
mamlakatdan tashqariga chiqarilib chet ellik mijozlarga sotishdir.
Eksportning iqtisodiy samaradorligi, foydaliligi shu bilan aniqlanadiki, mazkur
mamlakatda ishlab chiqarish xarajatlari tovarni import qiluvchi mamlakatlar
xarajatlaridan past bo‘lgan mahsulotlarni chetga chiqaradi. Bunda eksportda
olinadigan yutuq hajmi mazkur tovar milliy va jahon narxlarining nisbatiga,
mazkur tovarning xalqaro aylanmasida ishtirok etuvchi mamlakatlarning mehnat
unumdorligiga bog‘liq.
Xalqaro savdoda
tovarlarning eksport tarkibi
fan-texnika revolyusiyasi va
xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvi ta’siri ostida o‘zgaradi. Hozirgi
davrda xalqaro savdoning eksport tarkibida qayta ishlovchi sanoat mahsulotlari
yetakchi o‘ringa ega bo‘lib, uning hissasiga jahon tovar ayirboshlashining 3/4
qismi to‘g‘ri keladi. Oziq-ovqat, xomashyo va yoqilg‘i ulushi faqat 1/4 qismini
tashkil qiladi.
Dostları ilə paylaş: