Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


proteksionizm (tashqi ta’sirdan himoyalash)



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə571/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   567   568   569   570   571   572   573   574   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

proteksionizm (tashqi ta’sirdan himoyalash)
va 
fritrederlik 
(savdoga to‘liq erkinlik berish)
kabi shakllari keng tarqalgan.
Proteksionizmning klassik va zamonaviy ko‘rinishlari farqlanadi. 
Klassik yoki 
qattiq proteksionizm
siyosatining nazariy asosini merkantilizm tashkil etib, uning 
asosiy belgilari quyidagilardan iborat: 
- tovarlar importini cheklash; 
- eksportni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash; 
- chetdan keluvchi tovarlarga yuqori boj to‘lovlari o‘rnatish orqali milliy ishlab 
chiqarishni himoyalash; 
- tovarlarning ma’lum turlari bilan savdo qilishga davlat monopoliyasining 
o‘rnatilishi va h.k. 
Zamonaviy proteksionizmning
ham asosiy maqsadi ichki bozorda milliy 
ishlab chiqaruvchilar uchun nisbatan qulay sharoitlar yaratish hamda ularni xorijiy 
ishlab chiqaruvchilar raqobatidan himoyalash hisoblanadi, biroq uning usul va 
vositalari o‘zining moslashuvchanligi bilan klassik proteksionizmdan farq qiladi.
Qiyosiy xarajatlar nazariyasiga ko‘ra erkin savdo tufayli, jahon xo‘jaligi 
resurslarni samarali joylashtirishga va moddiy farovonlikning yuqori darajasiga 


753 
erishishi mumkin. Proteksionizm, ya’ni erkin savdo yo‘lidagi to‘siqlar xalqaro 
ixtisoslashuvdan olinadigan nafni kamaytiradi yoki yo‘qqa chiqaradi. 
Erkin savdo yo‘lida juda ko‘p to‘siqlar mavjud bo‘ladi. Ularning asosiylari 
quyidagilar: 
1) boj to‘lovlari.
Boj to‘lovlari import tovarlarga aksiz soliqlari hisoblanadi, u 
daromad olish maqsadida yoki himoya uchun kiritilishi mumkin; 
2) import kvotalari. 
Import kvotalari yordamida ma’lum bir vaqt oralig‘ida import 
qilinishi mumkin bo‘lgan tovarlarning maksimal hajmi o‘rnatiladi; 
3) tarifsiz to‘siqlar. 
Tarifsiz to‘siqlar tarkibiga litsenziyalash tizimi, mahsulot 
sifatiga standartlar qo‘yish yoki oddiy ma’muriy taqiqlashlar kiradi; 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   567   568   569   570   571   572   573   574   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin