Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə572/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   568   569   570   571   572   573   574   575   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

4) eksportni ixtiyoriy cheklash. 
Eksportni ixtiyoriy cheklash savdo 
to‘siqlarining nisbatan yangi shakli hisoblanadi. Bu holda chet el firmalari 
o‘zlarining ma’lum mamlakatga eksportini ixtiyoriy ravishda cheklaydi. 
Mamlakatlar 
xalqaro 
savdo 
yordamida 
o‘zlarining 
davlatlararo 
ixtisoslashuvini rivojlantirishi, o‘zlarining resurslari unumdorligini oshirishi va shu 
orqali ishlab chiqarishning umumiy hajmini ko‘paytirishi mumkin. Alohida 
davlatlar, eng yuqori nisbiy samaradorlik bilan ishlab chiqarish mumkin bo‘lgan 
tovarlarga ixtisoslashishi va ularning o‘zlari samarali ishlab chiqarish holatida 
bo‘lmagan tovarlarga ayirboshlash hisobiga yutish mumkin. 
Shu o‘rinda mamlakatlar nima uchun savdo-sotiq qiladi, degan savol tug‘iladi. 
Birinchidan, iqtisodiy resurslar dunyo mamlakatlari o‘rtasida juda notekis 
taqsimlanadi: mamlakatlar o‘zlarining iqtisodiy resurslar bilan ta’minlanishi keskin 
farqlanadi. Ikkinchidan, har xil tovarlarni samarali ishlab chiqarish har xil 
texnologiya yoki resurslar uyg‘unlashuvini talab qiladi. Bu ikki holatning xalqaro 
savdoga ta’sirini oson tushuntirish mumkin. Masalan, Yaponiya ko‘p va yaxshi 
tayyorlangan ishchi kuchiga ega, malakali mehnat ortiqcha bo‘lganligi sababli arzon 
turadi. Shu sababli, Yaponiya tayyorlash uchun ko‘p miqdorda malakali mehnat 
talab qilinadigan turli-tuman mehnat sig‘imli tovarlarni samarali ishlab chiqarishga 
ixtisoslashgan. Avstraliya esa aksincha, juda keng maydonlariga ega bo‘lgan holda 
yetarli bo‘lmagan miqdorda inson resurslari va kapitalga ega. 


754 
Qisqacha aytganda, himoya qilinadigan tarmoqlar savdo to‘siqlarini 
kiritishdan oladigan foyda butun iqtisodiyot uchun ancha katta yo‘qotish 
hisoblanadi. 
Erkin savdo (fritrederlik) siyosati
proteksionizm siyosatining aksi bo‘lib, 
tashqi savdoni erkinlashtirishga qaratilgan. Bu siyosat xalqaro savdo hajmlarini 
o‘sishiga olib keluvchi turli tarif va kvotalarni qisqartirish, milliy iqtisodiyotning 
ochiqligini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi. 
Xalqaro savdoni tartibga solish xalqaro va milliy darajalarda amalga oshadi. 
Milliy darajadagi tartibga solish eksport va importni tartiblash orqali namoyon 
bo‘ladi. Eksportni tartiblash tashkiliy va kredit-moliyaviy usullar yordamida uni 
rag‘batlantirishga yo‘naltirilgan. 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   568   569   570   571   572   573   574   575   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin