Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


Valyuta kursi bir mamlakat valyutasining boshqa mamlakat



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə580/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   576   577   578   579   580   581   582   583   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Valyuta kursi bir mamlakat valyutasining boshqa mamlakat 
valyutasidagi bahosidir. 
Valyuta kurslariga bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi omillar ichidan quyidagilarni 
ajratib kursatish mumkin: 
- milliy daromad va ishlab chiqarish xarajatlari darajasi
- milliy iste’molchilarning real xarid qilish layoqati va mamlakatdagi 
inflyatsiya darajasi; 


763 
- valyutalarga talab va taklifga ta’sir ko‘rsatuvchi to‘lov balansi holati; 
- mamlakatdagi foiz stavkasi darajasi; 
- valyutaga jahon bozoridagi ishonch va h. k. 
Nazariy jihatdan valyuta kurslarining tebranishini tushuntirish 
xarid qilish 
layoqatining paritet
(turli mamlakatlar pul birliklari qiymatining bir-biriga 
nisbati) 
nazariyasi
yordamida amalga oshiriladi. Bu nazariyaga ko‘ra, kurslar 
nisbatlarini aniqlash uchun ikki mamlakat iste’mol tovarlari «savati» narxlarini 
taqqoslash talab qilinadi. Masalan, agar O‘zbekistonda bunday «savat», aytaylik 
120 ming so‘m, AQShda esa 100 dollar tursa, 120 mingni 100 ga bo‘lib, 1 
dollarning narxini hosil qilamiz, bu 1200 so‘mga teng. Agar boshqa sharoitlar 
o‘zgarmagani holda mamlakatimizdagi tovarlarning narxi oshsa, dollarning so‘mga 
nisbatan almashuv kursi ham oshadi. Bunday bog‘liqlikni quyidagi formula orqali 
ifodalash mumkin: 
i
i
P
P
r
ёки
P
r
P
/




bu yerda:
P – mamlakatimizdagi narxlar darajasi; 
P

– xorijiy mamlakatdagi narxlar darajasi; 
r – valyuta kursi yoki xorijiy valyutaning milliy valyutadagi narxi. 
O‘zbekiston Markaziy banki mavsumiy tebranishlarni kamaytirish va oltin-
valyuta zaxiralarini ko‘paytirishni hisobga olgan holda o‘zgaruvchan valyuta kursi 
rejimini qo‘llab kelmoqda. Bunda ichki valyuta bozorida almashuv kursini 
maqsadli koridor doirasida ushlab turish uchun, valyuta savdolarida intervensiya 
operatsiyalarini amalga oshirish orqali Markaziy bank tomonidan so‘m almashuv 
kursining o‘zgarib boruvchi boshqariladigan usuli qo‘llanildi. Eksportni 
rag‘batlantirish maqsadida so‘mning AQSh dollariga nisbatan kursini bosqichma-
bosqich pasaytirish choralari ko‘rildi. 
Milliy valyuta almashuv kursining maqsadli parametrlar doirasida bo‘lishi va 
uning devalvatsiya darajasining bosqichma-bosqich pasaytirib borilishi iste’mol 


764 
tovarlari narxlarini past darajada ushlab turish uchun qo‘shimcha omil sifatida 
xizmat qildi. 
Agar O‘zbekistonda muomaladagi pul massasining ko‘payishi oqibatida, 
tovarlar narxi ikki marta oshsa va barcha sharoitlar teng bo‘lganda dollarning 
so‘mga ayirboshlash kursi ikki marta oshadi. 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   576   577   578   579   580   581   582   583   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin