759
Kapital harakati hisobida aktivlar bilan amalga oshiriladigan barcha xalqaro
bitimlar o‘z ifodasini topadi. Bular chet elliklarga aksiyalar, obligatsiyalar,
ko‘chmas mulk va h.k. sotishdan olinadigan daromadlar hamda chet eldan aktivlar
sotib olish natijasida vujudga keladigan sarf xarajatlar.
Kapital harakati
balansi
=
Aktivlar sotishdan
tushumlar
_
Chetdan aktivlar sotib
olishga sarflar
Chet el aktivlarini sotish chet el valyutalari zaxiralarini ko‘paytiradi, ularni
sotib olish esa valyutalari zaxiralarini kamaytiradi. Kapital harakati hisobi ham
taqchillikka va ijobiy qoldiqqa ega bo‘ladi.
To‘lov balansining taqchilligi Markaziy bank rasmiy zaxiralarini qisqartirish
hisobiga moliyalashtirilishi mumkin. Rasmiy zaxiralarning asosiylari quyidagilar:
-
chet el valyutalari;
-
oltin;
-
mamlakatning XVFdagi kredit ulushi;
-
qarz olishning maxsus huquqi (SDR) va h.k.
Balans taqchilligi rasmiy zaxiralar hisobiga moliyalashtirilganda ichki
bozorda chet el valyutalari taklifi ortadi, milliy valyutalar taklifi esa nisbatan
kamayadi va uning ayirboshlash kursi nisbatan o‘sib milliy iqtisodiyotga inqirozli
ta’sir ko‘rsatadi. Aksincha, to‘lov balansining aktiv qoldig‘i Markaziy bank rasmiy
valyuta ehtiyojlarining o‘sishi bilan birga borganda ichki bozorda chet el
valyutalari taklifini kamaytiradi, milliy valyuta taklifi esa nisbatan ortadi va uning
ayirboshlash kursi pasayib, iqtisodiyotga rag‘batlantiruvchi ta’sir ko‘rsatadi.
Markaziy bank tomonidan chet el valyutalarining bunday sotilishi va sotib
olinishi
Dostları ilə paylaş: