27.5. Valyuta-moliya sohasidagi xalqaro tashkilotlar faoliyatining rivojlanishi Xalqaro valyuta munosabatlari o‘ta beqaror, noaniq va tez o‘zgaruvchi
jarayon bo‘lib, uni har bir mamlakat hukumatlari bilan bir qatorda valyuta-moliya
sohasidagi davlatlararo tashkilotlar ham tartibga solishga harakat qiladilar. Bunday
tashkilotlar qatoriga Xalqaro valyuta fondi (XVF), Xalqaro taraqqiyot va tiklanish
banki (XTTB), Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti (IHRT), Xalqaro
rivojlanish assotsiatsiyasi (XRA) kabilarni kiritish mumkin.
Xalqaro valyuta fondi (XVF) o‘ziga a’zo mamlakatlarning valyuta kursi va
to‘lov balanslarini tartibga soladi, ularning valyuta-moliyaviy muammolarini hal
etish maqsadida kreditlar ajratadi, rivojlanayotgan mamlakatlarning ko‘p
tomonlama to‘lovlari tizimini va tashqi qarzlarini nazorat qiladi.
Qat’iy valyuta kurslari amal qilgan davrda XVFning asosiy faoliyati valyuta
nisbatlarini ushlab turish, valyuta kurslariga asossiz ravishda ta’sir ko‘rsatishning
oldini olishga qaratilgan edi. Suzib yuruvchi, erkin valyuta kurslariga o‘tilishi bilan
bu faoliyat yo‘nalishi o‘zgarib, 1978 yili XVFning Nizomi qayta ko‘rib chiqildi.
Unga ko‘ra, valyutani davlatlararo tartiblashning asosi sifatida XVF nazorat
funksiyalarini kuchaytirish, balanslashtirilmagan xalqaro hisoblashuvlar hamda
asossiz kurs nisbatlariga ta’sir o‘tkazish dastaklarini kengaytirish ko‘zda tutildi.
XVF mamlakatlarning to‘lov balanslarini va tashqi qarzlarini tartibga solish
maqsadida kreditlar ajratadi. Bunda qarz oluvchi mamlakat o‘zining iqtisodiy
siyosatida XVFning tavsiyasiga binoan o‘zgartirishlar kiritishi talab etiladi. 1
yildan 3 yilgacha bo‘lgan muddatdagi moliyaviy-iqtisodiy barqarorlashtirish
dasturi ko‘rinishidagi bunday o‘zgarishlar fond bilan kelishilgan holda amalga
765
oshiriladi va bunga mamlakatning to‘lovga layoqatligi to‘g‘risidagi o‘ziga xos
xalqaro guvohnoma sifatida qaraladi.
1970 yildan boshlab XVF xalqaro to‘lov va zaxira vositalari –