Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


 Valyuta-moliya sohasidagi xalqaro tashkilotlar faoliyatining rivojlanishi



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə581/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   577   578   579   580   581   582   583   584   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

27.5. Valyuta-moliya sohasidagi xalqaro tashkilotlar faoliyatining rivojlanishi 
Xalqaro valyuta munosabatlari o‘ta beqaror, noaniq va tez o‘zgaruvchi 
jarayon bo‘lib, uni har bir mamlakat hukumatlari bilan bir qatorda valyuta-moliya 
sohasidagi davlatlararo tashkilotlar ham tartibga solishga harakat qiladilar. Bunday 
tashkilotlar qatoriga Xalqaro valyuta fondi (XVF), Xalqaro taraqqiyot va tiklanish 
banki (XTTB), Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti (IHRT), Xalqaro 
rivojlanish assotsiatsiyasi (XRA) kabilarni kiritish mumkin. 
Xalqaro valyuta fondi (XVF) 
o‘ziga a’zo mamlakatlarning valyuta kursi va 
to‘lov balanslarini tartibga soladi, ularning valyuta-moliyaviy muammolarini hal 
etish maqsadida kreditlar ajratadi, rivojlanayotgan mamlakatlarning ko‘p 
tomonlama to‘lovlari tizimini va tashqi qarzlarini nazorat qiladi.
Qat’iy valyuta kurslari amal qilgan davrda XVFning asosiy faoliyati valyuta 
nisbatlarini ushlab turish, valyuta kurslariga asossiz ravishda ta’sir ko‘rsatishning 
oldini olishga qaratilgan edi. Suzib yuruvchi, erkin valyuta kurslariga o‘tilishi bilan 
bu faoliyat yo‘nalishi o‘zgarib, 1978 yili XVFning Nizomi qayta ko‘rib chiqildi. 
Unga ko‘ra, valyutani davlatlararo tartiblashning asosi sifatida XVF nazorat 
funksiyalarini kuchaytirish, balanslashtirilmagan xalqaro hisoblashuvlar hamda 
asossiz kurs nisbatlariga ta’sir o‘tkazish dastaklarini kengaytirish ko‘zda tutildi. 
XVF mamlakatlarning to‘lov balanslarini va tashqi qarzlarini tartibga solish 
maqsadida kreditlar ajratadi. Bunda qarz oluvchi mamlakat o‘zining iqtisodiy 
siyosatida XVFning tavsiyasiga binoan o‘zgartirishlar kiritishi talab etiladi. 1 
yildan 3 yilgacha bo‘lgan muddatdagi moliyaviy-iqtisodiy barqarorlashtirish 
dasturi ko‘rinishidagi bunday o‘zgarishlar fond bilan kelishilgan holda amalga 


765 
oshiriladi va bunga mamlakatning to‘lovga layoqatligi to‘g‘risidagi o‘ziga xos 
xalqaro guvohnoma sifatida qaraladi.
1970 yildan boshlab XVF xalqaro to‘lov va zaxira vositalari – 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   577   578   579   580   581   582   583   584   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin