Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə582/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   578   579   580   581   582   583   584   585   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

qarz olishning 
maxsus huquqlari (SDR)
ni chiqara boshladi. SDR naqd pul ko‘rinishida bo‘lmay, 
faqat XVF maxsus hisobvaraqlarida kredit yozuvlari ko‘rinishida amal qiladi va 
fondga a’zo mamlakatlarning Markaziy banklari o‘rtasidagi hisoblashuvlarda 
foydalaniladi. 
Yevropa valyuta tizimi
1979 yilda Yevropa iqtisodiy hamjamiyatiga kiruvchi 
davlatlar tomonidan valyuta kurslarini barqarorlashtirish maqsadida tashkil etilib
bu davlatlar o‘rtasidagi to‘lov jarayonlarida amal qiluvchi 
Yevropa valyuta birligi 
– EKYu
muomalaga kiritildi.
Iqtisodiy va valyuta ittifoqi (IVI) 
Yevropa valyuta tizimi amal qilishi 
natijasida tashkil etilib, u quyidagilarni taqozo etadi: 
-
moliya bozorlarining to‘liq integratsiyalashuvi; 
-
kapitallar harakatining to‘liq erkinlashuvi; 
-
barcha valyutalarning to‘liq konvertatsiyasini ta’minlash va pirovardida 
milliy valyutalarni yagona valyuta bilan almashtirish. 
Xalqaro tiklanish va taraqqiyot bankining (XTTB) 
ham faoliyati xalqaro 
valyuta-moliyaviy munosabatlarni tartibga solishga yo‘naltirilgan bo‘lib, u 
o‘zining ikkita filiali – Xalqaro moliyaviy korporatsiya (XMK) hamda Xalqaro 
rivojlanish assotsiatsiyasi (XRA) bilan birgalikda Jahon banki tarkibiga kiradi. 
XVFning a’zosi bo‘lgan mamlakatlar XTTBning a’zosi bo‘la oladi. XTTB 
tomonidan 
taqdim 
etiladigan 
qarzlarning 
asosiy 
qismi 
qarz 
oluvchi 
mamlakatlarning iqtisodiyotini tarkibiy qayta qurish imkonini beruvchi loyiha va 
dasturlarni amalga oshirishga yo‘naltirilgan uzoq muddatli kreditlar hisoblanadi. 
Xalqaro moliyaviy korporatsiya (XMK)
ning faoliyati ustun ravishda 
rivojlanayotgan 
mamlakatlarning 
xususiy 
sektorini 
moliyalashtirishga 
yo‘naltiriladi.

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   578   579   580   581   582   583   584   585   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin