768
qanday bitim ikki tomoniga ega bo‘ladi va shu sababli to‘lov balansida ikki
tomonlama yozuv tartibiga rioya qilinadi. Har bir bitim to‘lov balansining debet va
kredit qismlarida o‘z ifodasini topadi.
6.
Iqtisodiyot subyektlarining davlat va Markaziy bank siyosatiga
ishonchsizligi to‘lov balansi inqirozini chuqurlashtiruvchi omil hisoblanadi. Milliy
valyuta qadrsizlanishining kutilishi chet el valyutalariga chayqovchilikka
qaratilgan talabni rag‘batlantiradi.
7.
Pulning jahon xo‘jaligida amal qilishi va turli xalqaro iqtisodiy aloqalarga
(tashqi savdo, ishchi kuchi va kapital migratsiyasi, daromadlar, qarzlar va
subsidiyalar oqimi, fan-texnika yutuqlarini ayirboshlash, turizm va h.k.) xizmat
qilishi bilan bog‘liq iqtisodiy munosabatlar xalqaro valyuta-kredit munosabatlari
deb ataladi. U pulning xalqaro to‘lov munosabatida amal qilish jarayonida vujudga
keladi.
8.
Har qanday valyuta tizimining eng muhim tarkibiy qismlaridan biri valyuta
kursi hisoblanadi. Valyuta kursi bir mamlakat valyutasining boshqa mamlakat
valyutasidagi ifodalanishini ko‘rsatadi.
9.
Nazariy jihatdan valyuta kurslarining tebranishini tushuntirish, xarid qilish
layoqatining paritet (turli mamlakatlar pul birliklari qiymatining bir-biriga nisbati)
nazariyasi yordamida beriladi. Bu nazariyaga ko‘ra, kurslar nisbatlarini aniqlash
uchun ikki mamlakat iste’molchilik tovarlari «savati» narxlarini taqqoslash talab
qilinadi.
Dostları ilə paylaş: