Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə585/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   581   582   583   584   585   586   587   588   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Asosiy tayanch tushunchalar 
Eksport
– tovarlarni chet ellik mijozlarga sotish bo‘lib, bunda mazkur 
mamlakatda ishlab chiqarilgan tovarlar mamlakatdan tashqariga chiqariladi. 
Import
– chet ellik mijozlardan tovarlar (xizmatlar) sotib olib, ularni 
mamlakatga kiritish. 
Reeksport
– biror bir mamlakatning boshqa mamlakatda ishlab chiqarilgan 
tovarlarni o‘z iste’moli uchun emas, balki uchinchi mamlakatga qayta sotish uchun 
xarid qilishi. 


769 
Reimport
– iste’molchi mamlakatdan reeksport tovarlarni sotib olish. 
Xalqaro valyuta tizimi
– xalqaro valyuta munosabatlarining davlatlararo 
bitimlarda huquqiy jihatdan mustahkamlangan shakli. 
Valyuta kursi
– bir mamlakat valyutasining boshqa mamlakat valyutasida 
ifodalangan narxi. 
To‘lov balansi
– mamlakat rezidentlari (uy xo‘jaliklari, korxonalar va davlat) 
va chet elliklar o‘rtasida ma’lum vaqt oralig‘ida (odatda bir yilda) amalga 
oshirilgan barcha iqtisodiy bitimlar natijasining tartiblashtirilgan yozuvi. 
Iqtisodiy bitimlar
– qiymatning har qanday ayirboshlanishi, ya’ni tovarlar 
ko‘rsatilgan xizmatlar yoki aktivlarga mulkchilik huquqining bir davlat 
rezidentlaridan boshqa davlat rezidentlariga o‘tishi bo‘yicha kelishuvlar. 
Takrorlash uchun savol va topshiriqlar 
 
1. 
Ichki va tashqi savdoning o‘xshashliklari nimadan iborat? Ularning farqi-
chi?
2. 
Xalqaro savdo qanday ko‘rsatkichlar bilan tavsiflanadi? 
3. 
Nima uchun xalqaro savdoda sun’iy to‘siqlar mavjud bo‘ladi? Ularning 
tavsifini bering. 
4. 
Proteksionistik siyosatning ijobiy va salbiy tomonlari qanday? Ularni 
taqqoslang. 
5. 
Xalqaro savdoda iqtisodiy integratsiyaning ahamiyati qandayligi va unda 
O‘zbekistonning ishtirok etishi imkoniyatlarini aniqlang. 
6. 
Xalqaro valyuta tizimini tushuntiring. Har bir tizim qanday ustunlik va 
kamchiliklarga ega? 
7. 
Davlat valyuta kurslarini barqarorlashtirish uchun qanday usullardan 
foydalanadi?
8. 
Chet el valyutalariga talab va taklifga qanday omillar ta’sir ko‘rsatadi? 


770 
9. 
Jahon valyuta tizimining mazmuni nimadan iborat? Uning rivojlanish 
bosqichlari va ularga mos xalqaro valyuta munosabatlarini tashkil qilish tiplarini 
izohlang. 
10. Valyuta-moliya sohasidagi davlatlararo tashkilotlarga qaysi tashkilotlar 
kiradi? Ularning asosiy faoliyatlarini tavsiflab bering. 



771 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   581   582   583   584   585   586   587   588   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin