Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


Xalqaro rivojlanish assotsiatsiyasi (XRA)



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə583/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   579   580   581   582   583   584   585   586   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Xalqaro rivojlanish assotsiatsiyasi (XRA)
ning asosiy faoliyati
 
esa ko‘proq 
qoloq mamlakatlarga imtiyozli yoki foizsiz kreditlar ajratishga qaratilgan. 


766 
Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti (IHRT) 
tarkibiga barcha 
sanoat jihatidan rivojlangan mamlakatlar kiradi. IHRT unga a’zo mamlakatlarning 
iqtisodiy rivojlanishidagi tendensiyalarni, iqtisodiyot sohasidagi ichki xatti-
harakatlarning boshqa mamlakatlar to‘lov balansiga ta’sirini aniqlashga qaratilgan. 
IHRT tomonidan ishlab chiqilgan bashorat ko‘rsatkichlari asosida, jahon xo‘jaligi 
rivojlanish tendensiyalarini hisobga olgan holda, milliy iqtisodiyotlarning o‘zaro 
moslashuviga imkon yaratuvchi makroiqtisodiy siyosatni olib borish bo‘yicha 
tavsiyalar beriladi.
Xalqaro hisoblashuvlar banki (XHB) 
Shveysariyaning Bazel shahrida 
joylashgan bo‘lib, u xalqaro moliyaviy tashkilot hisoblanmasada, bank faoliyatini 
xalqaro tartibga solishda yetakchi rol o‘ynaydi. XHB Yevropaning deyarli barcha 
mamlakatlarini, Kanada, Avstraliya, Yaponiya hamda AQSh tijorat banklari 
guruhini o‘z tarkibida birlashtiradi. 70 dan ortiq Markaziy banklar o‘zlarining 
oltin-valyuta zaxiralarini XHB hisobvaraqlarida saqlaydilar. 
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (ETTB) 
Sharqiy Yevropa hamda 
sobiq 
Ittifoq 
mamlakatlariga 
valyuta-moliya 
sohasida ko‘maklashishni 
muvofiqlashtirish maqsadida 1990 yilda tashkil etildi. Uning asosiy faoliyati 
Markaziy va Sharqiy Yevropa, MDH mamlakatlarini isloh qilish jarayonlari bilan 
bog‘liq turli ko‘rinishdagi dastur va loyihalarni moliyalashtirishga, bu 
mamlakatlarning jahon xo‘jaligiga moslashuvini jadallashtirishga ko‘maklashishga 
yo‘naltirilgandir.
Bugungi kunda sanab o‘tilgan bu kabi davlatlararo tashkilotlarning xalqaro 
valyuta-moliya 
sohasidagi 
munosabatlarni 
tartibga 
solish 
va 
yanada 
takomillashtirishga qaratilgan faoliyatining ahamiyati tobora oshib bormoqda. Shu 
bilan bir qatorda mazkur tuzilmalarning rivojlanayotgan mamlakatlarga moliyaviy 
yordam ko‘rsatish tartibini takomillashtirish, bunda ko‘mak berilayotgan 
mamlakatlarning milliy manfaatlariga putur yetkazmaslik, faoliyat yo‘nalishi 
sifatida ko‘proq iqtisodiy maqsadlarning ilgari surilishi kabi jihatlarga e’tibor 
kuchaytirish zarur bo‘ladi. 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   579   580   581   582   583   584   585   586   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin