761
-
valyuta bozori va oltin bozori tizimi;
-
mamlakatning xalqaro hisoblashuv tartibi;
-
mamlakat oltin-valyuta zaxirasining tarkibi va uni boshqaruv tizimi;
-
mamlakat valyuta munosabatlarini tartibga soluvchi milliy muassasalar
mavqei.
Xalqaro valyuta tizimi
– xalqaro valyuta munosabatlarining davlatlararo
bitimlarda kelishilgan holda amal qiladigan shakli.
Xalqaro valyuta tizimining tarkibiy unsurlari quyidagilar hisoblanadi:
-
asosiy xalqaro to‘lov vositalari (milliy valyutalar, oltin, xalqaro valyuta
birliklari – SDR, Evro);
-
valyuta kurslarini belgilash va ushlab turish mexanizmi;
-
xalqaro to‘lovlarini balanslashtirish tartibi;
-
valyutaning muomala qilish shart-sharoiti;
-
xalqaro valyuta bozori va oltin bozori tartibi;
-
valyuta munosabatlarini tartibga soluvchi davlatlararo muassasalar tizimi.
Bundan ko‘rinadiki, milliy va xalqaro valyuta tizimi unsurlari deyarli bir xil
bo‘lib, ular faqat tashkil etilishi, amal qilishi va tartibga solinishi miqyoslari
jihatidan farqlanadi.
Jahon valyuta tizimi o‘zining rivojlanishida uchta bosqichdan o‘tdi va ularning
har biriga xalqaro valyuta munosabatlarini tashkil qilishning o‘z tiplari mos keladi.
Dostları ilə paylaş: