Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə575/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   571   572   573   574   575   576   577   578   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

I. Joriy operatsiyalar hisobi 
1. Tovar eksporti 
2. Tovar importi 
Tashqi savdo balansi qoldig‘i 
3. 
Xizmatlar eksporti
(chet el turizmidan daromadlar va h.k. - 
kreditli xizmatlar) 
4. 
Xizmatlar importi
(turizm uchun chet elga to‘lovlar va h.k. 
- kreditli xizmatlar) 
5. Investitsiyalardan sof daromadlar (kreditli xizmatlardan sof daromadlar) 
6. Sof transfertlar 
Joriy operatsiyalar bo‘yicha balans qoldig‘i 
II. Kapital harakati hisobi 
7. Kapital kirishi 
8. Kapital oqib chiqishi 
Kapital harakati balansi qoldig‘i 
Joriy operatsiyalar va kapital harakati balansi qoldig‘i 
III. Rasmiy zaxiralarning o‘zgarishi
Mamlakatning 
tashqi savdo balansi (to‘lov balansi)
mazkur davlatning chet 
ellik sheriklari bilan xalqaro iqtisodiy munosabatlarning holatini ifodalab, uning 
kredit-pul, valyuta, budjet-soliq, tashqi savdo siyosatini amalga oshirish va davlat 
qarzlarini tartibga solishi uchun indikator bo‘lib xizmat qiladi. 


758 
Joriy operatsiyalar hisobi tovar va xizmatlar eksporti («+» belgisi bilan), 
import («-» belgisi bilan), investitsiyalardan sof daromad va sof transfertlarni o‘z 
ichiga oladi. 
Tovarlar eksporti va importi o‘rtasidagi muvozanat (tenglik) 
savdo balansini tashkil qiladi.
Tovar eksporti kredit sifatida chiqib, milliy bankda chet el valyutalari 
zaxiralarini vujudga keltiradi. Import esa («debet» grafasida «-» belgisi bilan) 
mamlakatdagi chet el valyutalari zaxirasini qisqartiradi. 
Investitsiyalardan sof daromadlar (chet eldan sof omilli daromadlar) kreditli 
xizmatlardan olinadigan sof daromad hisoblanib, u chet ellarga qo‘yilgan milliy 
pul kapitali hisobiga keladi. Agar chet elga qo‘yilgan milliy kapital mazkur 
mamlakatga qo‘yilgan chet el kapitaliga qaraganda ko‘proq miqdorda foiz va 
dividend keltirsa, bunda investitsiyalardan olinadigan sof daromad ijobiy, aks 
holda esa salbiy bo‘ladi. 
Sof transfertlar xususiy va davlat mablag‘larining boshqa mamlakatlarga 
o‘tkazilgan summasini bildiradi (pensiya, sovg‘a, chet elga pul o‘tkazishlar yoki 
chet mamlakatlarga insonparvarlik yordamlari). Bunday to‘lovlar mamlakatda 
mavjud chet el valyutalari zaxirasini kamaytiradi. 
Makroiqtisodiy modelda joriy operatsiyalar hisobi qoldig‘i quyidagicha 
ifodalanadi: 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   571   572   573   574   575   576   577   578   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin