125
deb ataladi. Misolda ularning chiqish signallari (faolligi) har doim 1 teng. Bu
tarmoqdagi qo‘shma kirishni hisoblash uchun biz og‘irlikdagi ulanishlarni yig‘ish
qoidasidan foydalanamiz va chegara funksiyasi natija tarmoq chiqishining(7-
neyron javobi) faolligi vazifasini bajaradi. Agar elementning qo‘shma kiritilishi
miqdori 0 dan kichik bo‘lsa, u holda faollik 0 ga teng, agar kirish 0 dan katta
bo‘lsa, u holda aktivlik 1 ga teng bo‘ladi.
8.4-rasm. Mantiqiy XOR(istisnoli yoki) funktsiyasining vazifasini bajaruvchi
neyron tarmog‘igi.
Keling
tekshirish uchun, 1-neyron kirishiga bir va 2-neyron kirishiga nol
beraylik. Bunday holda, biz chiqishda 1 olishimiz kerak (0 XOR 1 = 1). Neyron
tarmog‘i ishini ko‘rsatish uchun chiqish qiymatini qo‘lda hisoblaymiz.
5-elementning(neyron) qo‘shma kiritilishi: net5 = 1 * (-1) + 0 * (-1) + 1 *
1,5 = 0,5. Demak 5-element faolligi teng 1 ga chunki 0,5> 0.
6-neyronning qo‘shma kiritilishi: net6 = 1 * (-1) + 0 * (-1) + 1 * 0,5 = -0,5.
Demak 6-element faolligi 0 ga teng.
7-elementning qo‘shma kiritilishi: net7 = 1 * (1) + 0 * (-1) + 1 * (-0,5) = 0,5.
Demak 7 -elementning faolligi va shu bilan birga tarmoqning chiqish qiymati 1 ga
teng. Bu esa biz yuqorida qo‘ygan talabga javob beradi.
126
Siz barcha mumkin bo‘lgan qiymatlarni (0 va 0, 1 va 0, 0 va 1, 1 va 1) kirish
signallari sifatida ishlatishga urinib ko‘rishingiz mumkin,
chiqishda biz har doim
XOR operatsiyasining haqoniylikt jadvaliga mos keladigan qiymatni ko‘ramiz.
Yuqoridagi holda, biz og‘irlik koeffitsientlarining barcha
qiymatlarini
oldindan bilardik, lekin neyron tarmoqlarning asosiy xususiyati shundaki, ular
tarmoqni o‘qitish jarayonida barcha ulanishlarning og‘irlik qiymatlarini
moslashtira oladi.
Zamonaviy kompyuterlar murakkab hisob -kitoblarni bajarishi, murakkab
boshqaruv funktsiyalari bilan ishlashi va katta hajmdagi ma’lumotlarni saqlashi
mumkin. Ammo ozir ham shunday muammolar borki inson kompyuterdan ko‘ra
tezroq va yaxshiroq ularni hal qila oladi. Masalan,
belgilarni aniqlash, tasvirni
talqin qilish yoki matnni o‘qish.
Kompyuterlardan farqli o‘laroq, inson miyasi yangi vaziyatlarga moslasha
oladi va o‘rganish orqali o‘z bilimini oshiradi. U noto‘g‘ri yoki to‘liq bo‘lmagan
ma’lumotlarni qayta ishlashi va kerakli natijaga erishishi mumkin. Bu inson
miyasining moslashishi tufayli amalga oshadi.
Dostları ilə paylaş: