Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi «vlsi tizimini loyihalashtirish» fanidan amaliy mashg


 Kirish signallarini birlashtirish



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/68
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#209951
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   68
8.1.1. Kirish signallarini birlashtirish. 
Har bir neyronga bir nechta kirish signallari kelishi mumkinligi sababli, 
neyron tarmog‘ini modellashtirishda, bu signallarning barchasini birlashtirish 
uchun ma’lum bir qoidani o‘rnatish zarur. Va ko‘pincha bog‘lanish aloqalari 
og‘irlik qiymatlarini (og‘irligini) yig‘ish qoidasi qo‘llaniladi. Og‘irligi nimani 
anglatadi? Keling, buni aniqlaylik ... 
Neyronlar tarmog‘idagi har bir bog‘lanishi uchta omil yordamida to‘liq 
tavsiflanishi mumkin: 
• birinchisi - bu bog‘lanish paydo qilgan element; 
• ikkinchisi - bog‘lanish yo‘naltirilgan element; 
• uchinchisi - bog‘lanish og‘irligi (ahamiyati). 
Albatta bizni bog‘lanish omili qiziqtiradi. Bog‘lanish og‘irligi aloqa orqali 
uzatiladigan signalni kuchaytirilishini yoki susayishini aniqlaydi yaniy 


122 
ahamiyatliligini angraydi. Agar oddiygina tushuntiradigan bo‘lsak, unda qo‘yidagi 
misolni ko‘rib chiqaylik (8.2 -rasm): 
8.2 – rasm. Ikki neyron orasidagi bog‘lanish (aloqa). 
1 -neyronning chiqish signali 4 ga teng. Neyronlar orasidagi bog‘lanishning 
og‘irligi 6 ga teng. Shunday qilib, 1 -neyrondan keladigan va 2-neyronga kirish 
signalini (net) aniqlash uchun bu signalning qiymatini uning og‘irligiga 
ko‘paytirish kerak va bu 2-neyron kirish signali 24 ga tengdir (net=4 * 6=24). 
Va agar kirish signallari ko‘p bo‘lsa, unda ularning barchasi yigilib 
umumlashtiriladi. Natijada, neyron kirishida ta’sir qilayotgan signalni biz quyidagi 
ifoda orqali aniqlaymiz: 
𝑛𝑒𝑡
𝑗
= ∑
𝑥
𝑖
∗ 𝑤
𝑗𝑖
𝑁
𝑖=1
(8.1) 
Ushbu formulada (8.1) 
𝑛𝑒𝑡
𝑗
bu j-neyron uchun barcha kirish signallarini 
birlashtirish natijasi (neyronning qo‘shma kirish ta’siri). N - chiqish signallarini j 
signalining kirishiga uzatuvchi elementlar soni. Bunda 
𝑤𝑖𝑗
– i neyronni j neyron 
bilan bog‘laydigan ulanishning og‘irligi. Barcha og‘irlikdagi kirishlarni yig‘ib, biz 
tarmoq elementining birlashtirilgan kirishini hosil qilamiz. 
Ko‘pincha neyronlar orasidagi bog‘lanishlar tuzilishi og‘irlik matritsasi deb 
ataladigan W matritsa ko‘rinishida ifodalanadi. Bu matritsaning elementi, 
formulada bo‘lgani kabi, i elementdan j elementgacha bo‘lgan bog‘lanishning 
og‘irligini aniqlaydi. Og‘irlik matritsalari qanday tuzilganligini tushunish uchun 
keling, oddiy neyron tarmoqni ko‘rib chiqaylik (8.3 -rasm): 


123 
8.3 -rasm. Oddiy neyron tarmog‘iga misol. 
Bunday neyron tarmoqning og‘irlik matritsasi quyidagicha bo‘ladi: 


124 

1.2 

−2.4 0 
−0.4 




−5.6 




4.7 

−3.3 0 


2.4 
7.5 
2.5 

Masalan, ikkinchi elementdan uchinchisigacha bog‘liqlik bor, uning og‘irligi 
3 ga teng. Biz matritsaga qaraymiz, ikkinchi ustunga, uchinchi qatorga 3 -raqam 
turibdi demak hammasi to‘g‘ri keladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin