Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi «vlsi tizimini loyihalashtirish» fanidan amaliy mashg


 Neyronlar va sun'iy neyron tarmoqlari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/68
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#209951
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   68
8.1. Neyronlar va sun'iy neyron tarmoqlari. 
Sun'iy neyron tarmoqlar - bu matematik, shuningdek tirik organizmning asab 
hujayralari tarmoqlarini tashkiliy va ishlash tamoyiliga asoslangan biologik neyron 
tarmoqlarini, dasturiy yoki apparatli modellaridir. Bu tushuncha miyada sodir 
bo‘layotgan jarayonlarni o‘rganishdan va bu jarayonlarni modellashtirishga 
urinishdan paydo bo‘lgan. 
Sun'iy neyron tarmoqlarni o‘rganish va ulardan foydalanish, qoida 
tariqasida, ancha oldin - 20 -asr boshlarida boshlangan edi, lekin ular bir oz 
keyinroq haqiqatan ham keng tarqaldi. Bunga birinchi navbatda, ilgari (o‘sha davr 
uchun) kuchlari sun'iy neyron tarmoqlari bilan ishlash uchun yetarlicha katta 
bo‘lgan, hisoblash qurilmalarini paydo bo‘la boshlagani bilan bog‘liqdir. Holbuki 
hozirda siz har qanday shaxsiy kompyuterda o‘rta murakkablikdagi neyron 
tarmog‘ini osongina tuzishingiz mumkin. 
Neyron tarmog‘i - bu ma’lum bir tarzda bir-biriga bog‘langan neyronlar 
to‘plamidir. Misol tariqasida bitta neyronni tuzilishini qarab chiqaylik (8.1 -rasm). 


121 
8.1- rasm. Bitta neytronning kirish va chiqish shakli. 
Neyron - kirish signallari to‘plamidan chiqish signalini (ma’lum bir qoidaga 
muvofiq) hisoblaydigan element. Ya’ni, bitta neyronning asosiy harakat ketma -
ketligi quyidagicha: 
• Oldingi tarmoq elementlaridan signallarni qabul qilish 
• Kirish signallarini birlashtirish 
• Chiqish signalini hisoblash 
• Neyron tarmoqning quyidagi elementlariga chiqish signallarini hhosil qilib, 
uzatish. 
Neyronlar bir -biriga mutlaqo boshqacha tarzda ulanishi mumkin, bu 
ma’lum bir tarmoqning tuzilishi bilan belgilanadi. Ammo neyron tarmoqning 
mohiyati har doim bir xil. Tarmoq kirishiga keladigan signallar to‘plami chiqishda 
chiqish signalini (yoki bir nechta chiqish signallarini) hosil qiladi. Ya’ni, neyron 
tarmoqni kirish va chiqishlarga ega bo‘lgan qora quti sifatida soddalashtirib qarash 
mumkin. Va albatta u to‘g‘ri vazifasini bajarishi uchun bu qutining ichida juda 
ko‘p sonli neyronlar mavjud bo‘ladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin