NATIJALAR (РЕЗУЛЬТАТЫ/RESULTS) Maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlarining boshqaruv kompetentligini
shakllantirish
jarayonini
modellashtirish
uchun
asos
sifatida
maqsadga
yo‘naltirilganlik, dinamik xususiyatlar, asoslantiruvchi, tashkiliy-uslubiy faoliyat
yoritib berildi. Malaka oshirish kurslarining o‘quv jarayonida umumiy tayyorgarlik
fanlari mazmunini boyitish, rahbarlarning boshqaruv faoliyatidagi dunyoqarashini
kengaytirish, maktabgacha ta’lim tashkilotining rahbariga boshqaruv faoliyati
mazmuni va uni o‘zlashtirish shakllari hamda usullarini amalga oshirishda zarur shart-
sharoit yaratadi.
Ma’ruza, amaliyot, mustaqil ta’lim, bitiruv loyiha ishlarida rahbarlarni
umumkasbiy tayyorgarligini takomillashtirish asosida boshqaruv faoliyatiga
tayyorlashda
zamonaviy
axborot-kommunikatsiya
texnologiyalari,
ta’lim
texnologiyalari va metodikalarni qo‘llash uslublari ko‘rsatib berildi. Mustaqil ravishda
rahbarlarning boshqaruv faoliyati hamda ishlab chiqarish jarayonida boshqaruv
kompetensiyalarini rivojlantirishga xizmat qildi.
XULOSA (ЗАКЛЮЧЕНИЕ/CONCLUSION) Xulosa qilib aytganda, boshqaruv faoliyati deganda maktabgacha ta’limni
takomillashtirishga va rahbar shaxsini ijodiy o‘z-o‘zini anglashga qaratilgan tashkiliy,
loyihalash, baholash, muvofiqlashtirish va boshqarish funksiyalarida namoyon
bo‘ladigan ta’lim sub’ektlari faoliyatini tizimli va ijodiy tartibga solish jarayoni
tushuniladi. Boshqaruv faoliyatiga doir masalalar xorijiy va mahalliy olimlarning ilmiy
tadqiqotlari asosida o‘rganib chiqildi. Boshqaruv nazariyasi va amaliyoti o‘zaro
hurmat, hamkorlik, ishonch, javobgarlik, kompetentlik, teskari aloqalar, o‘zini-o‘zi
takomillashtirish tamoyillarida to‘liq aks etadi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotining kompetentli rahbari nafaqat boshqaruv
faoliyatga tayyor bo‘lgan shaxs, balki jamoada ishlay oladigan, mustaqil qarorlar qabul
qila oladigan, tashabbus ko‘rsatadigan, innovatsion makonda ishlay oladigan, malakali
menejer bo‘lishi lozim. Shu munosabat bilan maktabgacha ta’lim tashkilotlari
rahbarlari uchun maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi pedagogik menejment, nazariy
va amaliy faoliyat sohalarida maxsus bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lish juda muhim
hisoblanadi.