Qayta tiklanuvchi energiya manbalari


MRRT – kontrollerdan foydalanganda qo‘shimcha ravishda



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə69/83
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#210355
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   83
Qayta tiklovchi energiya manbalari

. MRRT – kontrollerdan foydalanganda qo‘shimcha ravishda
olingan energiya miqdori 
 
Maksimal quvvat nuqtasida quyosh panelining kuchlanishi panelning har xil 
harorat kattaliklarida o‘zgaradi (6.8-rasm). Quyosh paneli qanchalik qizisa, 
kuchlanishi kamayib quyosh batareyasining ishlab chiqarish samaradordligi ham kam 
bo‘ladi. Qandaydir vaqtlarda TMM ning kattaligi AB dagi kuchlanishdan ham kichik 
bo‘lishi mumkin, bu holatlarda oddiy kontroller bilan taqqoslaganda hech qanday 
yutuq bo‘lmaydi. Bu quyosh batareyasiga qisman soya tushgan vaqtlarda yuz beradi. 
MRRT-kontrollerlarning joriy narxi ularni 200 Vt quvvatdan boshlab quyosh 
panellarida yoki nostandart kuchlanishga ega panellarda qo‘llash imkonini beradi. 


149 
6.8-rasm
. Panel haroratiga bog‘liq ravishda maksimal quvvat nuqtasida 
quyosh paneli kuchlanishi 
 
 
Quyosh fotoelektrik tizimning invertorlari 
 
Invertorlar AB da doimiy tokni o‘zgaruvchan tokka o‘zgartirish yoki quyosh 
panellarida doimiy tokni markaziy elektr ta’minoti tarmoqlaridagi analog tok kabi 
o‘zgartiradi. 
Tarmoq bilan bog‘langan tizimlarda invertorlar (tarmoq invertorlari) quyosh 
panellaridan energiyani qabul qilib ularni o‘zgaruvchan tokka aylantiradi, so‘ngra 
tarmoqqa ham uzatadi.


150 
Ko‘pchilik quyosh panellari doimiy tok ishlab chiqaradi. Integratsiyalashgan 
invertorlar bilan qo‘llaniladigan panellar ham bo‘lib ular mikroinvertorli AS panellar 
deb nomlanadi (6.9-rasm).
6.9-rasm.
 Quyosh panelining invertori,
1-quyosh fotoelektrik paneli; 2 - invertor
Ularning afzalliklari shundaki, oson sozlash, bunday panellarni fotoelektrik 
tizimga oson qo‘shish yuli bilan masshtabini kengaytirish imkoniyatidir. Bunday 
invertorlar faqat tarmoq bilan bog‘langan tizimlarda ishlatiladi. 
Avtonom tizimlarda standart maishiy qurilmalarni 220 V o‘zgaruvchan 
kuchlanish bilan ta’minlash uchun AB yoki quyosh panellaridagi tokni o‘zgartirish 
lozim bo‘ladi. 
Shuningdek, rezerv tizimlarda ham ushbu muammo – AB dagi doimiy tokni 
o‘zgartirish va odatiy jihozlarni ta’minlash. Ko‘pgina invertorlar mavjud bo‘lib ular 
quvvati va turlari bilan farqlanadi. Ulardan ba’zilari – yuqori samaradorikka ega. 
Agar invertor ko‘p hollarda yuklamasiz bo‘lsa, kutish rejimida iste’mol qilinadigan 
kichik quvvatni berish kerak. Agar u ko‘p hollarda yuklamani ta’minlaydigan bo‘lsa, 
unda maksimal FIK ga ega invertor tanlash kerak bo‘ladi.


151 
Quyosh paneli doimiy tok ishlab chiqaradi, AB esa doimiy tok ko‘rinishida 
energiyani saqlaydi, lekin ko‘pchilik jihozlar 220 V yoki 380 V o‘zgaruvchan tok 
kuchlanishini talab qiladi. Invertor doimiy tokdagi kichik kuchlanishlar 12, 24, 32, 
36, 48, 96, 120 V ni yuqori kuchlanish 220 V ga o‘zgartirib beradi. O‘zgartirish 
vaqtida energiyaning bir qismi yo‘qoladi, ya’ni 5% dan – 20 % gacha, bu esa uning 
ish rejimi vaqtida sifatining darajasiga bog‘liq bo‘ladi. 
Invertorlar har xil quvvatda bo‘lib ularning turi qo‘llash holatiga qarab tanlanadi. 
Kichik avtonom tizimlarda kam quvvatli invertorlar (100-1000Vt) televizor, radio, 
lampochkalar va boshqa jihozlarni ta’minlash uchun foydalaniladi. Bu invertorlarda 
kirish kuchlanishi 12 V yoki 24 V chiqish kuchlanishi esa 220 V bo‘ladi. Katta 
quvvatli invertorlarda kirish kuchlanishi 24 V, 48 V yoki 96 V yoki yuqori bo‘lishi 
mumkin. Arzon iinvertorlar generatsiya vaqtida energiyani bosqichli yoki to‘g‘ri 
to‘rtburchakli shaklda yoki umumiy nom bilan kvazisinusoidal yoki 
modifikatsiyalashgan sinusoida signal shaklida o‘zgartiradi. Kuchlanishning bunday 
shakli har doim ham hamma jihozlarga to‘g‘ri kelmaydi. Sof sinusoidal invertorlar 
tarmoqdagi kabi sifatli tok kabi istalgan yuklamani muammosiz ta’minlay oladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin