Qayta tiklanuvchi energiya manbalari


 Biomassa energiyasidan foydalanish



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə77/83
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#210355
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   83
Qayta tiklovchi energiya manbalari

 
8.2. Biomassa energiyasidan foydalanish 
 
Hayvonlar ferma xo‘jaliklari chiqindilarni va chiqindi oqimlarini qayta ishlash 
samarali variantlaridan biri anaerob yo‘l bilan mikroorganizmlarga ajratib 
hisoblanadi. Bu jarayon chiqindilarni zararsizlantirishni ta’minlab, ularni o‘g‘it 
sifatida saqlab bir vaqtda alohida energiya manbai-biogaz olishga imkon beradi. 
O‘zbekistonda biomassani qayta ishlash asosida 10 mlrd m
3
metan gazi 
yoqilg‘isini olish mumkin. 


163 
Biogazni ishlab chiqarish chiqindini anaerob achitishga asoslanadi, bunda ular 
maxsus zich yopiladigan idish-metantenkda saqlanadi. Achitish manbai bo‘lgan 
chiqindi mikroblari metantenkda rivojlanadi, u esa birin-ketin organik moddalarni 
yemirib kislota hosil bo‘lishigacha olib boradi, so‘ngra bu kislotalar metan hosil 
qiladigan bakteriyalar orqali gazsimon mahsulotga aylanadi, ya’ni metan va 
uglekislotaga aylanadi. Shu bilan bir vaqtda achitish mobaynida chiqindi, ya’ni 
noxush hidlarni chiqindi yo‘qotish jarayoni, degelmintaziya (ya’ni odamlar, 
hayvonlar va o‘simlik tarqatuvchi bakteriyalarni, qurtlarni qabul qilish), turli 
urug‘larni o‘sib chiqishini neytrallash va o‘g‘it moddalarni mineral fermalarga olib 
ketish bajariladi (8.2-rasm). 
Bu jarayon texnologiyasi quyidagicha bajariladi. Hayvonlar fermalaridan 
chiqindilar maxsus idishga tushadi, so‘ngra fekal nasos yordamida uni metantenkka 
joylashtiriladi va unda achitish jarayoni boshlanadi. 
8.2-rasm.
 Biogazdan foydalanish texnologik sxemasi, 
1
-ferma; 
2
-go‘ng qabul qilgich; 
3
-nasos; 
4
-metantenk; 
5
-gazgolder; 
6
-issiqlik 
almashtirgich; 
7
-qozon; 
8
-go‘ngxona. 


164 
Achitish jarayonida hosil bo‘lgan biogazlar gazgolderga keyin iste’molchiga 
uzatiladi. Chiqindilarni achitish temperaturasigacha (45-55
0
S) qizdirish uchun va 
metantenkda issiq rejimni saqlashga issiqlik almashuvchi (telpoobmennik) element 
orqali qozonda qaynatilgan issiq suv oqib turadi. O‘zbekiston issiqlik iqlimi uchun 
bunday suv isitib turishga ketadigan biogaz miqdori metantenkdan chiqadigan 
umumiy gazning 10...20% ga teng. Achitqi chiqindilar ular to‘planadigan joyga 
yig‘ilib so‘ngra dalaga jo‘natiladi.
Ishlab chiqilgan biogaz miqdori va quduq chiqindi o‘g‘it sifati faqat 
temperaturaga emas balki mahsulotni achitish davomiyligiga bog‘liq. Metantenkda 
masalan, 5 sutka davomida chiqindini achitishda biogaz 50% ga, 10 sutkada 90%ga 
va 20 sutkada esa 98% maksimal imkoniyat darajasidan olinadi. Mahsulotni achitish 
davomiyligiga ko‘ra, metantenk zaruriy hajmi aniqlanadi hamda nasoslar yordamida 
qo‘shiladigan chiqindi miqdori ham hisobga olinadi. Ayrim hollarda achitish 
jarayonini tezlashtirish maqsadida biogaz bir qismi gazgolderdan kompressor 
yordamida metantenk pastki qismiga haydaladi va metantenkdagi butun massa 
aralashuviga erishiladi. Bu maqsadda kerakli aralashtirgich qurilmalari ham 
ishlatiladi. 
Tadqiqotlar ko‘rsatilishicha, anaerob usulida chiqindi va mahsulotni qayta 
ishlash orqali quyidagicha biogaz miqdorini olish mumkin: 
-
300 m
3
biogaz 1 t quruq qoramol chiqindisidan; 
-
500 m
3
biogaz 1 t quruq cho‘chqa chiqindisidan; 
-
600 m
3
biogaz 1 t quruq qushlar chiqindisidan. 
Bir jon boshiga to‘g‘ri keladigan biogaz ko‘rsatkichlari 8.1-jadvalda 
keltirilgan. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin