Qayta tiklanuvchi energiya manbalari


Termal suvdan muttasil foydalanish sxemasi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə72/83
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#210355
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   83
Qayta tiklovchi energiya manbalari

. Termal suvdan muttasil foydalanish sxemasi,
1
- quduq; 
2
- bak-akkumulyator; 
3
- issiq suv ta’minot nasosi. 
Debiti 1500 m
3
/sutka bo‘lgan quduq suv temperaturasi 60-65
0
C holatida 
issiqlik suvi bilan yashash mikrorayonini yoki shahar tipidagi poselokning 1400 
kishisini ta’minlashi mumkin. 


156 
Geotermal suvlar temperaturasi 50
0
C dan past hollarda ham issiqlik suv 
ta’minoti tizimida qo‘llanilish mumkin, lekin ularni iste’molchiga berishdan oldin 
qozonlarda issiqlik nasoslari yordamida (qizdirish) isitish lozim bo‘ladi. 
Qishloq xo‘jaligida yerning chuqurlikdan issiqligidan foydalanishning ulkan 
istiqbollari ochilmoqda, bularga issiqxonalarni va parniklarni (meva, sabzavot
gullarni) isitish imkoniyatlari kiradi. Bu maqsadlar uchun termal suv temperaturasi 25 
.... 100
0
C ga teng bo‘lishi yetarlidir. 
Bu maqsadda ushbu misolni keltirish mumkin. 1 ga issiqxonani yil davomida 
istish uchun o‘rtacha 1600-1700 t shartli yoqilg‘i zarur, shu bilan birga bitta quduq 
2000-2500 m
3
/sutka debitda va 65-70
0
S termal suv yordamida 2 ga issiqxonani 
isitishga yetarlidir va unda 300-350 t toza meva-sabzovotni yiliga yetishtirish 
mumkin. 
Tabiiy issiqlikdan foydalanish iqtisodiy imkoniyatlari himoyalangan grunt 
uchun yaqqol seziladi. 
Geotermal suvlarni ishlatishning o‘ziga xos qiyinchiliklari ham mavjud. Bunga 
sabab ularning ko‘pmi-ozmi darajada minerallashgani va gazga to‘yinganligidir. Bu 
omillar metall jismlar emirilishiga (korroziyasi) intensivlashuviga olib keladi. Eng 
agressiv termal suv tarkibida aralashmasi va karbonat angidrit gazi, kislorod 
aralashmasi kuzatiladi. 
Korroziyani pasaytirish va qirindi hosil bo‘lishiga qarshi agressiv gazlar va 
tuzlarni (SaSO
3
, SaSO
4
va b.) yo‘qotishga harakat qilinadi yoki korroziyaga qarshi 
ingibitorlar va qirindiga qarshi reagentlar (natriy silikati, natriy fosfat geksometan va 
b.) aralashtiriladi. 
Ishlatilgan geotermal suvlar atrof-muhitga chiqarib tashlasa sun’iy suv havzasi 
hosil qiladi. Suvda erigan moddalarning chegaraviy ruxsat berilgan normativ 
talablarni qanoatlantirish uchun qo‘shimcha ravishda ularning tozalash zaruriyati 
tug‘ilishi mumkin. Bunday hollarda ularga qo‘shimcha chora-tadbirlar qo‘llaniladi 
(suv qo‘shish, qayta tozalash va h.k.) toza ekologik nuqtai-nazardan samarali 
ishlatilgan geotermal suvlarni ekspluatatsiya qilinayotgan quduqdan 1-2 km 


157 
masofada yana qayta yer qatlamining suv gorizontigacha yuborish zarur. Bunda yer 
osti suv qatlami bosimi va debiti doimiyligi ta’minlanadi. 
O‘zbekistondagi geotermal suvlardan foydalanish ishlari dam olish binolarni
issiqxonalarni va parniklar isitishida boshlab yuborildi.
Jahon tajribasi ko‘rsatishicha ko‘pgina mamlaktlarda va regionlarda energo 
ta’minot muammosini yer geotermal suvlarning hisobiga qondirib kelmoqda. 
Masalan, Ispaniyada gidravlik va geotermal energiyalari hisobiga to‘lig‘icha 
elektr va issiqlik energiyalariga bo‘lgan talabni bajarib kelmoqdalar. 


158 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin