Abdulla sher axloqshunoslik



Yüklə 48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə113/209
tarix07.01.2024
ölçüsü48 Kb.
#210786
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   209
s4S7EHjtHmoMNmIYtJ01CR2chM6SocN8iTPWj8yZ

Henri Deyvid
Toro 
(1817-1862) turadi. Bu yo‘nalish doirasida keyinchalik, XX asr 
boshlarida Lev Tolstoy (1828-1910), keyinroq buyuk hind mutafakkiri 
va ja m o a t arbobi M o han d is K aram chand G an d i (1869—1948), 
amerikalik ruhoniy, faylasuf, jam oat arbobi M artin Lyuter King (1929 
1968) singari m u tafakkirlar izlanish olib b o rdilar. Shuningdek, 
AQSHdagi Albert Aynshtayn instituti direktori professor Jin Sharp, 
P o lsh a F a n la r ak ad em iy asi Falsafa in s titu ti professo ri A njey 
Gjegorchik, Rossiya Fanlar akademiyasi Falsafa instituti professori 
Abdusalom Guseynov singari zamondosh olimlar ham shu yo‘nalishda 
tadqiqotlar olib bormoqdalar.
M azkur yo'nalish asoschisi Toro o‘zi yoqtirm agan am erikacha 
jam iyatdan bosh olib chiqib, 1845 yilning bahoridan 1847-yilning 
kuzigacha U olden k o ‘li b o ‘yida kulba qurib, dehqonchilik bilan
1 Yassaviy. Devoni hikmat. Т., G ‘.G ‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa birlashmasi,
1992, 35-b.
www.ziyouz.com kutubxonasi


shug ullanadi. Keyinchalik shu tajriba asosida «Uolden yoki o ‘rmondagi 
hayot» asarini yozadi. Bundan tashqari u «Fuqaroviy itoatsizlik», 
«M assachusetdagi qulchilik» sin g ari m aqola va esselarid a ham
g ayrizo‘ravonlik axloqshunosligi g ‘oyalarini ilgari suradi. Toro hayotda 
ham ana shu g ‘oyalarga amal qiladi: soliq to ‘lashdan bosh tortadi. 
Kunlardan birida shaharga tushganida, uni soliq to'lam agani uchun 
qam ab q o ‘yishadi. Uning o ‘rniga d o ‘sti soliq su m m asin i t o ‘Iab 
yuborgandan keyingina Toroni qam oqdan chiqarishadi. U o ‘zining bu 
xatti-h arak atini quyidagicha tu shu ntirad i: «M enda, agar shunday 
imkoniyatim bo‘lgan taqdirda ham , dollarlarimga odam sotib olishlarini 
yoki odamni o ‘ldirish uchun miltiq sotib olishlarini kuzatib turishga 
ishtiyoq yo‘q»'. M utafakkir quldorlik hukm surayotgan A m erika 
Qo shma Shtatlari hukumati bilan har qanday aloqani uzishni o ‘z oldiga 
maqsad qilib qo'yadi va boshqalarni ham shunga chaqiradi.
Toro g ‘ayrizo‘ravonlik inqilobi g ‘oyasini o ‘rtaga tashlaydi. U ning 
fikricha, agar minglab odam lar soliq to ‘Iamasa, u zo ‘ravonlik ham, 
qonli chora ham hisoblanmaydi; aksincha, soliq to'lash davom etaversa, 
davlatga zo ‘ravonlik qilish va begunohlarning qonini to ‘kish uchun 
imkon berilgan bo‘ladi. Fuqaroviy itoatsizlikning zarur shartini faylasuf, 
shunday qilib, hammaning soliqdan bosh tortishida ko‘radi. Keyingi 
bosqich, Toroning fikriga ko‘ra, ish tashlash, davlat xizm atchilarining 
о z xizmat vazifalarini bajarishdan bosh tortishlaridir. A na shunda 
tinchlik yo‘li bilan, qonsiz inqilob am alga oshadi. Lekin m azkur 
bosqichlardan aw al har bir inson o ‘zini axloqiy jihatdan tayyorlash 
bosqichini boshdan kechirishi, ya’ni o ‘z ongi va qalbida shaxsiy inqilob 
qilishi zarur. Faqat yuksak darajadagi axloqiy tayyorgarlikkina pirovard 
maqsadga ko‘ngildagidek yetkazishi mumkin.
Biz awalgi bobda axloqiy qarashlarini ko‘rib o ‘tganim iz buyuk rus 
yozuvchisi, mutafakkir Lev Tolstoyning g ‘ayrizo‘ravonlik masalasiga 
yondashuvi m azkur yo‘nalishning asl m ohiyatini o ch ib berishga 
ко maklashadi. Buni biz uchun m a’lum m a’noda noyob bo‘lgan hujjatda
— uning o ‘zbek ziyolisi U baydulla X o'jayev bilan y o zish m asid a 
ко rishimiz mumkin. (Mazkur yozishmani ushbu darslik muallifi ishlagan 
«Guliston» jurnalida o ‘tgan asm ing 60-yillari so'nggida cho p etishga 
urinishlar bo'lgan. Lekin «dushmanni jism an yo‘q qilish kerak» degan
www.ziyouz.com kutubxonasi


noinsoniy bolshevikcha mafkuraga asoslangan mustabid tuzum senzurasi 
yovuzlik qilgan kimsaga adashgan inson sifatida qarashni, unga m ehr- 
m uruw at, muhabbat ko‘rsatish lozimligini targ‘ib etuvchi g‘ayrizo‘ra- 
vonlik ruhidagi buyuk rus mutafakkirining maktubini e ’lon qilishni 
qat’iyan taqiqlab qo‘ygan edi. Faqat mustaqillik bergan erkinlik tufayli 
bu yozishmani chop etish imkoni tug‘ildi.) H ar ikkala maktubni to iiq
keltiramiz:

Yüklə 48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin