Abdulla sher axloqshunoslik


Vahshiy rassom mudroq, beizn



Yüklə 48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə151/209
tarix07.01.2024
ölçüsü48 Kb.
#210786
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   209
s4S7EHjtHmoMNmIYtJ01CR2chM6SocN8iTPWj8yZ

Vahshiy rassom mudroq, beizn,
Daho suratini buzadi
Va и surat ustiga о ‘zin
Beburd suratini chizadi.
Lekin и y o t bo yoq la r bir-bir
Ко ‘chib tushar y il sayin, ayon;
Va daho ijodi bequsur
Avvalgidek ЬоЧиг nam oyon...1
Lenin, Stalin, H itler, Pol Pot singari «vahshiy rassomlar» chizgan 
suratlar — totalitar tuzum lar mafkuralari qismatini shu she’rda ko‘rish 
mumkin. Zero, axloqiylik h ar qanday mafkura muvafTaqiyatining garovi 
hisoblanadi. Axloq va mafkura bir-biri bilan ana shunday uzviy bog'liq.
3. Axloqning ma’naviyat tizimidagi birlashtiruvchilik
xususiyati
M a ’n aviyat tiz im id a g i ijtim o iy h o d is a la r n in g a x lo q b ila n
m unosabatlarini m ana shu qisqacha tarzda k o ‘rib chiqishim izning 
o ‘ziyoq bizda axloqning o ‘rni haqida aniq tasaw ur uyg‘otadi. Shu narsa 
ayonki, axloq mazkur ijtimoiy hodisalar markazida turadi. U nafaqat 
m a rk a z iy ijtim o iy h o d is a , b a lk i b o sh q a ijtim o iy h o d is a la r n i 
harakatlantiruvchi m a’naviy kuch sifatida nam oyon b o ‘ladi. U ni chetlab 
o ‘tishga intilish har qanday mafkurani tanazzulga olib boradi, jam iyatni 
tom m a’nodagi m a’naviyatdan m ahrum etadi. Shu nuqtayi nazardan
A.S. Pushkin. Tiklanish. T .T o‘la taijim asi / / A.S. Pushkin. Tanlangan asarlar. Т .,
G ‘afur G ‘ulom nomidagi Adabiyaot va san ’at nashriyoti, 1999, 56-b.
www.ziyouz.com kutubxonasi


qaraganda, Prezident Islom Karimovning: «Aslini olganda, axloq — 
m a’naviyatning o ‘zagi», degan so‘zlari yuqoridagi fikrlarimiz uchun 
tabiiy xulosa bo‘lib jaranglaydi. Darhaqiqat, axloq ma’naviyat tizimidagi 
eng ta ’sirchan, eng baquwat halqa, usiz odamzod ma’naviyatini tasaw ur
qilish mumkin emas.
Shu o ‘rinda axloqning m a’naviyat tizimidagi «o‘zak»lik xususiyati 
haqida batafsilroq to ‘xtalmoq joiz deb o ‘ylaymiz. Negaki, axloqni 
mohiyatan mehvarga o ‘xshatish mumkin — qolgan m a’naviy qadriyatlar 
uning atrofida aylanadi, undan uzoqlashdimi, bas, mehvardan chiqib 
ketgan sayyoradek puchmoqda parchalanib halok bo‘ladi. Masalan, 
yuqorida k o ‘rib o ‘tg anim iz — d in n i olaylik: b a ’zi ek strem istik 
guruhlarning paydo bo‘lishida asosiy sabab — ular tom onidan diniy 
aqidalarning mutlaqlashtirilishi. Bu mutlaqlashtirish faqat axloqiylik 
chetga surib qo‘yilgan holatdagina yuz beradi. Aqidaparastlar dinning 
Alloh tom onidan belgilab qo‘yilgan vazifasini — axloqiy yuksak, komil 
insonni tarbiyalash uchun xizmat qilishini inkor etadilar, bu bilan go‘yo 
dinni yuksakka ko‘tarmoqchi bo'ladilar. Lekin aslida dinning obro‘sini 
tushirishga xizmat qiladilar. Chunki din hech qachon maqsad bo lgan 
emas, bo‘lolmaydi ham, u solih bandani tarbiyalash vositasi, ya ni axloq
- maqsad, din esa - vosita, faqat yuksak axloq egasigina Alloh vasliga 
muyassar bo‘la oladi. Boshqacha qilib aytganda, Alloh — M utlaq va 
Oliy maqsad, axloq — nisbiy maqsad, din esa vosita. Shuning uchun 
Q ur’oni karimda Alloh o ‘z bandalariga nozil qilgan ilohiy kitoblarning 
hammasini hurm at qilishni, ahli kitoblarni esa kamsitmaslikni qayta- 
qayta buyuradi.
«M oida» su rasining 4 8 -o y atid a shunday m arh am at qilinadi: 
«Sizlardan har bir millat (ya’ni din) uchun (alohida) shariat va yo‘l 
qilib qo‘ydik. Agar Alloh xohlasa edi, hammangizni bir millat qilib 
qo‘ygan bo‘lur edi. Lekin 0 ‘zi ato etgan narsalarda sizlarni imtihon 
qilish uchun (har bir millatga) alohida shariat, yo‘l qilib q o ‘ydi>>'. 
Demak, dunyoni zo‘rlik yo‘li bilan islomlashtirish yoki nasroniylashtirish 
mohiyatan Allohga qarshi borish, eng ulkan axloqsizlikdir. Shu bois 
odam larni islomga zo‘rlik yo‘li bilan, qurol kuchi bilan kiritmoqchi 
b o ‘lgan diniy-ekstremistik guruhlar va butun dunyoni «musulmonobod»

Yüklə 48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin