Abdulla sher axloqshunoslik


Вернадский В.И. Начало и вечность ж изни М ., «Сов. Россия», 1989. С



Yüklə 48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə203/209
tarix07.01.2024
ölçüsü48 Kb.
#210786
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   209
s4S7EHjtHmoMNmIYtJ01CR2chM6SocN8iTPWj8yZ

1 Вернадский В.И. Начало и вечность ж изни М ., «Сов. Россия», 1989. С.
1 8 6 -1 8 7 .
2 0 ‘sha manba, С. 185.
www.ziyouz.com kutubxonasi


egallab, tashqi tabiatga ta’sir ko‘rsata boshlaydi va ko‘p hollarda bundan 
eng aw alo, insonning o ‘zi ozor chekadi. Tafakkur biologik xususiyatga 
ega bo‘lmagani uchun biologik m uhitning o ‘rnini egallashga, uni asta- 
sekin siqib chiqarishga harakat qiladi. Bu harakat m a’lum nuqtadan 
o ‘tganidan so‘ng esa o ‘z ijobiy xususiyatini yo‘qota boradi va insoniyat 
uchun salbiy hodisaga aylana boshlaydi. Atom, vodorod, neytron 
bom balarining kashf etilishi, yadro kallakli ballistik raketalarning 
yaratilishi ana shunday salbiy hodisalardandir. B undan tashqari, 
noosferaning paydo bo‘lishi atmosferani, olamiy okeanni, yer osti va 
yer usti suvlarini, nabototni, hayvonotni, hatto insonni ich-ichidan 
k im yoviy z a h a rla n is h g a o lib k e lm o q d a . H o z irg i k u n d a tirik
organizmlarning, o ‘simliklarning, hayvonlarning ko'pgina turlari jisman 
yo‘q bo'lib ketish arafasida turibdi. Ayniqsa, joy topolmay, okean bo‘ylab 
kemalarda suzib yurgan radioaktiv chiqindilar yoki ularning kimsasiz 
go‘zal orollarga ko‘mib tashlanishi, kislota yomg‘irlarining ko'payib 
borishi singari hodisalar bag‘oyat xatarli. Afsuski, inson k o ‘ra-bila turib, 
o ‘zi o ‘tirgan shoxga bolta urishni to'xtatmayotir.
Bu m uam m olarning hal etilishi faqat a tro f-m u h itn i kimyoviy 
zahardan ekologik tozalashnigina em as, balki, eng a w a lo , global 
ma’noda, XXI asr kishisi ongini texnokratiya zaharidan forig‘lantirishni 
taqozo etadi. Ya’ni, ular insoniyat oldida endilikda ekologik hodisa 
emas, balki tom m a’nodagi axloqiy m uam m olar sifatida ko'ndalang 
bo‘lib turibdi. M ashhur avstriyalik etolog olim, Nobel m ukofoti laureati 
Konrad Lorensning: «Yoppasiga va tez yoyilib borayotgan jonli tabiatga 
begonalashish hodisasi uchun asosan sivilizasiyamiz kishisidagi estetik 
va axloqiy to ‘poslik aybdordir», — degan so‘zlari shu nuqtayi nazardan 
diqqatga sazovordir1.
Yuqorida aytilganlardan chiqadigan xulosa bitta: kelajakda inson 
o ‘zini va o ‘z sayyorasini m uqarrar halokatdan qutqaram an desa — XXI 
asrda etosfera davriga o ‘tishi kerak; axloqiylik har birim iz uchun har 
qadamda bugungi texnikaviy muhit kabi zaruratga aylangandagina bunga 
erishish m um kin. Bunda axloqshunoslik fanining o ‘rni nihoyatda 
beqiyos.

Yüklə 48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin