Abdulla sher axloqshunoslik


Axloqiy tarbiya hamda uning yo‘llari va vositalari



Yüklə 48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə200/209
tarix07.01.2024
ölçüsü48 Kb.
#210786
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   209
s4S7EHjtHmoMNmIYtJ01CR2chM6SocN8iTPWj8yZ

4. Axloqiy tarbiya hamda uning yo‘llari va vositalari
Insonning axloqiy hayoti uning axloqiy tarbiyasi bilan chambarchas 
bog‘liq. Zero, axloqiy tarbiya insonning shaxs b o ‘lib yetishuvim
ta ’minlaydigan uzluksiz jarayonlardan biri. U nda individ axloqiy 
qadriyatlarni anglab yetadi, o ‘zida axloqiy fazilatlarni barqaror etadi, 
axloqiy tamoyillar va m e’yorlar asosida yashashga o ‘rganadi.
Axloqiy tarbiya insoniyat tarixi mobaynida ikki muhim masalaga 
javob izlaydi: bulardan biri — qanday yashamoq kerak, ikkinchisi — 
nima qilmog‘-u, nim a qilmaslik lozim. Ana shu savollarga javob izlash 
jarayoni axloqiy tarbiyaning amaliy ko'rinishidir.
Tarbiya ona qornidan boshlanadi degan gap bor. Uning asl m a’nosi, 
aw alo, ota-onaning o ‘zi axloqiy tarbiya ko‘rgan bo‘lishi kerak degani. 
Z ero, qush inida ko ‘rganini qiladi: o ta -o n a oilada yuksak axloq
namunasini ko‘rsatishi lozim.
Shuni ham alohida ta’kidlash joizki, axloqiylik insonda faqat axloqiy 
tarbiya vositasidagina vujudga keladi, degan moddiyatchilik qarashlari ко p 
yillar mobaynida hukmronlik qilib keldi. To‘g‘ri, axloqiy tarbiyaning ahamiyati 
nihoyatda katta. Lekin axloqiylik insonga uning insoniylik belgilaridan eng 
muhimi sifatida ato etilgan ilohiy ne’mat. Shu ma’naviy ne’mat asosni 
axloqiy tarbiya yordamida takomillashtiramiz. Aks holda maymun va itlardan 
ham axloqiy mavjudot tarbiyalab yetkazishimiz mumkin bo‘lur edi.
Shunday qilib, axloqiy tarbiya inson farzandini takomilga, komillikka 
yetkazish yo‘llaridan biri. Uning Vositalari ko‘p. Ulaming bir qismi an anaviy 
tarbiya vositalari bo‘lsa, yana bir qismi zamonaviy vositalar. Odatda, har 
ikki turdagi vositalardan foydalaniladi. Chunonchi, maktabgacha bo lgan 
axloqiy tarbiyada ertak va rivoyatlar vositasidagi an anaviy tarbiya bilan 
o ‘yinchoqlar va o ‘yinlar vositasidagi zamonaviy tarbiya muvaffaqiyatli 
qo‘llaniladi; bunda bola qizg‘anchiqlik, g‘irromlik qilmaslikka, halol 
bo‘lishga o'yinlar yordamida da’vat etiladi. Bolalar axloqiy tarbiyasida 
televideniye, radio, qo‘g‘irchoq teatri, kino san’ati katta rol о ynaydi.
U m um an, axloqiy tarbiyaning eng kuchli vositasi — san’at. Bu vosita 
aholining barcha tabaqasini, turli yoshdagi shaxslarni qamrab oladi. 
Ayniqsa, san’atning badiiy adabiyot turi keng qamrovli. Ertakdan tortib 
romangacha bo‘lgan janrlarda chop etilgan asarlar shaxsning axloqiy
www.ziyouz.com kutubxonasi


shakllanishida ulkan xizm at k o ‘rsatadilar. U lar o rq ali kitobxon 
tarbiyalanuvchi sifatida ezgulik va yovuzlik nimaligini badiiy idrok etadi; 
ideal tanlashda ham ularning ahamiyati katta. Bundan tashqari, badiiy 
adabiyotning bevosita axloqiy tarbiyaga m o ‘ljallangan hikoyatlar, 
rivoyatlar va nasihatlar majmualari borki, biz ulami, aw al aytganimizdek, 
p an d n o m alar deb ataym iz: «K alila va D im na», «Q o b u sno m a» , 
«Guliston», «Zarbulmasal» singari bunday m um toz asarlar a n ’anaviy 
axloqiy tarbiya vositasi sifatida necha asrlardan buyon qanchadan qancha 
avlodlarga xizmat qilib keldi, bundan buyon ham shunday b o ‘lib qolajak.
Axloqiy tarbiyaning barcha zam onlar uchun dolzarb b o ‘lgan yo‘li, 
bu — namunaviylik tamoyili. Oilada, aw alo, yuqorida aytilganidek, 
ota-ona bolaga axloqiy nam una bo'lishi kerak. M aktabda va oliy o ‘quv 
yurtida muallimlarning ta ’lim berish usullaridan tortib, to «mayda- 
chuyda» xatti-harakatlarigacha o ‘z shogirdlari to m o n id an shaxsiy 
namuna tarzida qabul qilinishini nazardan qochirmaslik lozim. Ustoz- 
shogirdlik m unosabatlaridagi m uom ala odobi, halollik, rostgo‘ylik 
yoshlar axloqiy tarbiyasi shakllanishini ta ’minlovchi om illardandir.
Hoziigi paytda axloqiy tarbiyaning eng kuchli zamonaviy vositasi sifatida 
televideniyeni keltirish mumkin. U deyarli barcha san’at turlarida yaratilgan 
asarlarni ekranlashtirish va ekranda ko‘rsatish imkoniga ega. Bundan 
tashqari, unda maxsus axloqiy tarbiyaga bag‘ishlangan m untazam
ко rsatuvlar ham berib boriladi. 0 ‘zbek tilidagi «Otalar so‘zi — aqlning 
ко zi», «Rivoyat», «Oqshom ertaklari» singari ko'rsatuvlar bunga misol 
bo‘la oladi. Shu bois televideniye hech qachon yengiltaklikni targ‘ib etuvchi 
qo shiqlar, salkam pomografik reklamalar, inson qalbini qattiqlashtiradigan 
«о ldir-o Idir»lardan iborat seriallar korxonasi bo‘lib qolmasligi kerak.
Axloqiy tarbiya aslida axloqiy madaniyatning o ‘zagini tashkil etadi, 
biz ко rib о tgan muom ala odobi, etiket, kasbiy odob singari axloqiy 
xatti-harakatlar uchun asos vazifasini o ‘taydi. Biroq u o ‘zini yetarli 
namoyon qilishi uchun ta ’lim bilan doimiy aloqada b o ‘lishi shart. 
Shuning uchun biz ko‘pincha «ta’lim-tarbiya» degan qo'shaloq atam ani 
qo‘llaymiz. T a’lim -tarbiyada tarbiyalanuvchiga bola deb em as, b o ‘lajak 
kom il inson deb q arash m u him . Shu o ‘rin d a P re z id e n t Islom
Karimovning quyidagi gaplari bag‘oyat diqqatga sazovor:
«Buning uchun har qaysi ota-ona, ustoz va murabbiy h ar bir bola 
timsolida aw alo shaxsni ko‘rishi zarur. Ana shu oddiy talabdan kelib 
chiqqan holda, farzandlarimizni mustaqil va keng fikrlash qobiliyatiga 
ega bo lgan, ongli yashaydigan komil insonlar etib voyaga yetkazish -
www.ziyouz.com kutubxonasi


ta ’lim-tarbiya sohasining asosiy maqsadi va vazifasi bo‘lishi lozim, deb 
qabul qilishimiz kerak. Bu esa ta ’lim va tarbiya ishini uyg‘un holda 
olib borishni talab etadi»1.
Shunday qilib, axloqiy tarbiyaning aqliy-ma’naviy va jismoniy tarbiya 
bilan qo‘shib olib borilishi maqsadga muvofiq. 0 ‘shanda jamiyatimiz 
h a r jih a td a n k a m o l to p g a n fu q a r o lik ja m iy a tig a a y la n a d i. 
Mamlakatimizda buning uchun barcha huquqiy-ijtimoiy shart-sharoitlar 
yaratilgan.

Yüklə 48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin