borib, uni yengib, o'zgalar uchun yashashni o ‘rganadi. Shu munosabat
bilan Kont axloq nazariyasiga lotincha «alter» (o‘zga) degan so‘zdan
olingan altruizm tushunchasini kiritadi. Bu axloqiy tamoyil insondan
o ‘zga odamlarga nisbatan ham dard, hamnishinlikni, ularga beg‘araz
xizmat qilishni, ularning farovonligi va
baxti uchun fidoyilikka ham
tayyor boMishni talab etadi. (Sharqda u qadimdan «jo‘mardlik» degan
atam a bilan mashhur.) Kont axloqiy tizimini asosan ana shu tamoyil
tashkil qiladi. Hozirgi paytda altruizm G ‘arbda tenglikni, insoniylikni
talab etuvchi tamoyil sifatida axloq va insonparvarlikning m e’yoriy
asoslaridan biridir.
Kont davlatning axloqiyligini ta ’kidlaydi. Davlat uchun eng muhimi
— axloqiy vazifa: iqtisodiy boshqaruv ham axloqiy yo‘nalishning davomi
hisoblanadi, ijtimoiy boshqaruvning ideal tizimi — axloqiy va siyosiy
vazifalarning bo‘lib olinishi. 0 ‘rta asrlarda u cherkov —
davlat tarzida
o ‘zini ko‘rsatgan edi. Kelajakda ham shunday bo‘lishi kerak. Lekin
kelajakdagi «cherkov»ning yuragi sifatida Kont insoniy, to ‘g ‘rirog‘i,
fuqaroviy rasm-rusum va urf-odatlarga asoslangan o ‘zining ta ’limotini
taklif etadi. Ya’ni, pozitiv falsafa butun insoniyat uchun umumiy din
bo'ladi. Bunda pozitiv ruhoniylar mavqeyida olim lar va san’atkorlar
(aql bilan hissiyotning hamkorligi) muhim rol o ‘ynashi kerak. U lar
faoliyatining xulosasi sifatida jahon xalqlari Umumjahon federatsiyasiga
birlashadilar. Poytaxti Parijda b o ‘lgan bu federatsiyaning moddiy kuchi
asosan ishchilar sinfi bo'ladi. Lekin unda
xususiy mulk muqaddas va
daxlsiz hisoblanadi. Chunki faqat xususiy mulkka asoslangan hayot
tarzigina odamlarda moddiy farovonlikni, ishlab chiqarishni oshirishga
intilishni ta ’minlaydi. Ana shu «insoniyat dini»da ijtimoiy birdamlikda
yashashning tamoyili sifatida Kont muhabbatni, uning asosi sifatida —
tartibni, maqsadi sifatida — taraqqiyotni oladi. Bu yangi dinda ko‘rinib
turibdiki, Xudoga emas, insonga sig'iniladi.
Kontning izdoshlari ana
shu «insoniyat dini»ni targ'ib etish maqsadida hatto cherkov tashkiloti
ham tuzganlar.
Xullas, Kont o ‘z ta ’limotida ijtimoiy taraqqiyot yo‘lidagi asosiy g‘ovni
yengib o ‘tish ijtimoiy-siyosiy o ‘zgarish bilan emas, balki axloqiylikni
kuchaytirish orqali taraqqiyotga erishish ro‘y beradi, degan xulosaga keladi.
Olmon mumtoz faylasuflarining hammasi uchun umumiy b o ‘lgan
ratsional y o ‘nalishni ink or etib, noratsional t a ’lim o tn i yaratg an
faylasuflarning biri — buyuk danim arq yozuvchisi,
ilohiyotchi Syoren
Aabe Kirkegaarddir (1813—1855). U ilk bor inson shaxsi va taqdirini
www.ziyouz.com kutubxonasi
birinchi o ‘ringa olib chiqadi, insoniy subyektivlikni asosiy m uam m o
sifatida talqin etadi. U Hegelning mantiqiy usulini nihoyatda qattiq
tanqid ostiga oladi, hatto batamom inkor qiladi: Hegel o‘rmonni ko‘radi-
yu, alohida daraxtlarni ko‘rolmaydi, deydi. Darhaqiqat, Hegel falsafasi,
umuman, ratsional falsafa
umumiylikni tan olgani holda, alohidalikka,
muayyanlikka, individuallikka yetarli e ’tibor bermaydi. Hegel uchun
individium — xususiy mulk turining o'rtacha nusxasi, u umumiylik
qozonida bug‘ga aylanib ketadi. Xotinining aytishicha, Hegelning, hatto,
alohida sevimli taom i ham bo‘lmagan, uning uchun hammasi umumiy
m a’nodagi ovqat ekan, xolos.
Kirkegaard Hegel falsafasini, mavjudlik
nimaligini tushunishga noqobil ta ’limot, deb ataydi.
Kirkegaard axloqshunosligi ana shunday tanqidiy nuqtayi nazarga
asoslangan. Uning axloqiy qarashlari asosan, «Yo — u, yo — bu» (1843),
«Qo'rquv va titroq» (1843), «Hayot yo‘lining bosqichlari» (1845),
« 0 ‘lim ga y etak lov chi dard» (1849) singari falsafiy k ito b larid a,
shuningdek, kundaliklari va badiiy asarlarida o ‘z aksini topgan.
Kirkegaard nazdida odam — sintezlashish oqibatida vujudga kelgan
ruh: «Odam ruhdir, — deb yozadi u. — Biroq ruhning o ‘zi nima? Bu —
M en degani. U nda M en degani nima? Men, bu — m unosabat, o ‘z-
o ‘ziga n is b a ta n m u n o s a b a t.v. O d am , bu — c h e k la n g a n lik va
cheksizlikning,
vaqtinchalik va abadiylikning, erkinlik va zaruriyatning
sintezi (omuxtasi), qisqacha aytganda — sintez»1. Faylasuf ana shu
omuxtalik mahsuli b o ‘lmish shaxsning xususiy axloqiy voqeligini yagona
voqelik deb hisoblaydi va o ‘z nasroniy axloqshunosligida gunohdan
yakka tartibda forig‘ bo‘lish masalasini qo‘yadi. Uning fikriga ko‘ra,
har bir odam insonlar qoshidagi emas, balki Xudo oldidagi burchini
o'tashi lozim, ya’ni odam lar aw alo Xudo oldida burchlidirlar. Har
kim o ‘zini o ‘zi qutqaradi. Faqatgina Xudo olamdagi ezgulikning manbai;
axloqiylik esa e ’tiqodning oqibatidir.
K irk eg aard asa rla rid a m a ’naviy hayotning q o ‘rquv, xavotir,
umidsizlik, notinchlik singari negativ tomonlari tadqiq etiladi. Lekin
bu xususiyatlar shunchaki emas, balki shaxsning o ‘z mas’uliyatini chuqur
his qilishi uchun tahlilga olinadi. Bu mas’uliyat esa o ‘z ifodasini tanlovda
to p a d i. Shu b o is b a ’zan K irkegaard axloqiy t a ’lim o tin i
tanlov
axloqshunosligi ham deb atashadi.
Dostları ilə paylaş: