qiladigan, nasroniylikkacha bo‘lgan qonun va bo‘ysunish axloqi. U —
yerdagi vaqt nuqtayi nazaridan tarixning tabiiy-organik davriga to ‘g‘ri
keladi. Ikkinchi davr — inson gunohga botganligiga o ‘zi
aybdor ekanini
his etib, ijtimoiy ijoddan bosh tortish bilan o‘z aybini yuvadigan, ijod
qilm aydigan tazarru axloqi. U — 0 ‘rta asrlarda tarkidunyochilik
hukmronlik qilgan madaniy-organik davr. Nihoyat, uchinchi davr, endi
o‘z у о Mini boshlagan, lekin hali kelib ulgurmagan — dunyoni din vositasida
o ‘zgartiradigan ijod axloqi. Ijod axloqi shunday ulkan bir davrki, unda
ezgulik va yovuzlik kurashining keskinligi yo o ‘zgargan dunyoga yoki
umumhalokatga eshik ochib beradi. Biroq qaysi eshikning ochilishi insonga
bog‘liq. Inson dunyoni o ‘zgartirishda Xudoning ham kori bo'lish
imkoniyatiga ega.
Ayni paytda, bu dunyoni yagona dunyo deyish bilan
Uning dushmaniga ham aylanishi mumkin. Zero, tarix Xudo haqqi uchun
qilingan ishlar va yovuz ijod orasidagi kurashdan iboratdir.
Xo‘sh, yovuz ijod yoxud yovuzlik mohiyatan nima o ‘zi? Faylasufning
fikriga ko‘ra, yovuzlik ijobiy borliqqa ega emas, u ezgulikdan o ‘g ‘irlangan
xususiyati bilangina kishini o ‘ziga og‘diradi. Shu bilan birga, u nafaqat
mavjud, balki dunyoda ezgulikdan ko‘ra ko‘proqdir. Yovuzlik bilan
kurashning
bir xavfli tom oni shundaki, bu kurash beixtiyor
yovuzlik
tabiatini o'ziga qabul qilishi, yuqtirishi mumkin; yovuzlikni nihoyatda
yomon ko'rgan yaxshi odamlar unga qarshi yovuz usullardan boshqa
kurash yo‘llariga ishonchlarini yo‘qotadilar va natijada o ‘zlari yovuzlik
qilganliklarini bilmay qoladilar. Shu bois hatto shaytonga ham
insoniy
yaxshilik bilan m unosabatda b o ‘lm oq lozim; ezgulikdan chiqmay,
ezgulikni nurlantirib turish kerak.
Bizning davrimizdagi asosiy axloqiy muammo, bu — dushmanga
munosabat masalasi: dushmanni odam deb hisoblamaslik, unga insoniy
munosabat qilmaslik hozir odat tusiga kirgan. Aynan m ana shunda
Injildan chekinishni ko‘rish mumkin. Zero, shaytoniy odam lar mavjud
emas, balki odam larda shaytoniy holatlar mavjuddir. Shu bois biror-
bir inson ustidan pirovard hukm chiqarish mumkin emas. Aks holda
jinoyatchi uchun berilgan jazoning o ‘zi ko‘pincha jinoyatga aylanadi.
Odamlarda dushm an izlash odati bor. Ayniqsa, inqilob yashab turishi
uchun doim o o ‘zida dushmanga ehtiyoj sezadi va agar dushm an yo‘q
b o ‘lsa, uni o ‘ylab top ad i. A ksilinqilob ham shunday. D ushm an
to p ilg an d a o d am o ‘zini yaxshi his qiladi.
Bu hoi yovuzlikning
obyektivlashtirilishi, uning tashqi reallikka chiqarilishidir.
Nikolay Berdyayev ezgulik va yovuzlik orasidagi munosabatlarning
www.ziyouz.com kutubxonasi
jo‘n emasligini, ularda ekzistensiyacha dialektika borligini ta ’kidlaydi.
Zero, yuqorida aytilganidek, ezgulik yovuzlikka aylanishi mumkin. Lekin,
shuning barobarida, yovuzlik ham ezgulik bo'lib qayta tug‘iladi. Ya’ni,
inson agar barcha im koniyatlar sinovidan o ‘tsa, ezgulik va yovuzlik
tajribalarini boshdan kechirsa, u holda yovuzlikning o ‘zi ezgulikning
dialektik ibtidosi bo‘lib qoladi.
Hegel aytganidek, salbiy hodisalardan
o ‘tilgach, navbatda faqat ijobiy bosqich qoladi. Shunday qilib, hatto
dahriylik Xudoni bilishning dialektik ibtidosiga aylanadi. Bu dahriylik,
mohiyatan, kommunizm va boshqa shunga o ‘xshash hodisalar orqali
botiniy o‘tmishlardan boyib, yorug‘likka, nurga chiqadigan inson taqdiridir.
Yovuzlarni
qirib tashlash emas, balki m a’rifatli qilish lozim. Chunki
yovuzlikdan zo‘ravonlarcha yo‘l bermaslik yoki yo‘q qilib tashlash usuli
bilan emas, balki uni ichdan botinan yengish orqali qutulish mumkin.
Shunday qilib, biz insoniyat tafakkuri tarixidan eng m iqyosli
bosqichlardan biri boMmish Yangi davrdagi ba’zi axloqiy yo‘nalishlar,
nazariyalar va qarashlar bilan imkon qadar tanishib chiqdik. Qisqacha
xulosa sifatida, bu davr mutafakkirlari ilgari surgan ko‘pgina
nazariy
konsepsiyalar, ilmiy farazlar Eng Yangi davr axloqshunosligi va, umuman,
zamonaviy axloq ilmi uchun kompas vazifasini o ‘taydi, degan fikrni
aytsak xato boMmaydi. Biz har qadamda ularning ta’sirini his qilib turamiz;
qanday yangi yo‘nalish yoki oqim paydo bo‘lmasin — hammasida ularning
o ‘zak vazifasini o ‘taydigan hissasini e ’tirof etmasdan ilojimiz yo‘q.
Dostları ilə paylaş: