deb yozadi: «Xudo o‘z yaratilmishlariga erkinlik
bilan birga ezgulikni
amalga oshirishning barcha vositasini ato etgan; agar shunga qaramay,
qaysidir bir mavjudot yovuzlik yo‘liga kirsa, unda bu yovuzlikning ibtidosi
ana shu mavjudotning o ‘zida yashirindir va bu yovuzlik uchun javobgarlik
t o ‘liq u n in g b o 'y n id a d ir » 1. X ullas, buyuk
fay lasu f aksiologiya
(qadriyatshunoslik) m uam m olarini qalamga olar ekan, ezgulik, adolat,
haqiqat va go‘zallik qadriyatlaridagi mutlaqlikning qoyimligini him oya
qiladi.
Shu
bilan birga, Losskiyning axloqiy ideali qora kiyingan, o ‘zining
farovonligini, sog‘ligini, bor-budini mehrobga bag‘ishlaydigan rohib
emas. Faylasuf bir qarashda xuddi moddiyatchilarga o ‘xshab fikrlaydi:
t o ‘qlik, sog‘lik, o d am lar
b ila n m u no sab at, u n in g fikriga k o 'ra ,
«turmushning qadriyatli jihati». Biroq ular inson turm ushining yagona
va oliy darajadagi ahamiyatga ega qadriyatlari emas, aksincha,
hammasi
m a ’naviy faoliyatga y o ‘n a ltirilg a n insondagi k u c h n i saqlash va
kuchaytirish uchun xizmat qilishi kerak bo‘lgan hodisalardir. Shunday
esa-da, inson m a’naviyati, afsuski, ovqat,
kiyim -kechak va boshqa
turm ush farovonliklariga bog‘liq. Bu bog‘liqlikni ikki xil y o i bilan
zaiflashtirish mumkin. Birinchisi — ilm -fanni rivojlantirish va texnika
taraqqiyoti tufayli inson kasallik ham da ochlik ustidan g'alaba
qilib
boradi. Ikkinchisi — inson o ‘zini axloqiy komillikka yetkazish orqali
ovqatlanish va uyqudan g‘olib kelishi mumkin.
Xudbinlik va dushmanlik saltanatidan muhabbat va ezgulik dargohiga
o ‘tishdagi siyosiy sakrashlarni Losskiy doimo qoralaydi. Chunki Yerda
jannat yaratish haqidagi shoshm a-shosharlik
bilan tuzilgan xomxayol
rejalar yaxshi maqsad bilan nom aqbul, nokomil vositalar o ‘rtasidagi
ziddiyatlarni tug‘diradi va buning natijasida son-sanoqsiz qurbonlar
beriladi, daryo-daryo q o nlar to ‘kiladi. Q adriyatlarni to r m a ’noda
tushunish inson uchun — barcha bandalar uchun xos xislat. U, ayniqsa,
cherkov mutaassiblari, inqilobchilar, ijtimoiy
islohotchilarning radikal
tarafdorlarida dahshatli oqibatlarga olib keladigan darajaga ko‘tariladi.
Mutaassib mavhum g‘oya, nazariya, islohotlar loyihasini jonli odam dan
yuksak qo'yadi va shu bois o ‘z idealining ro ‘yobga chiqishi uchun qatl,
zo'ravonlik qilish, umuman, odam lar hayotini barbod etishdan toymaydi.
Dostları ilə paylaş: