Sirkaga aylangan vinodek, esiz,
Nikoh mast qilmovchi taxir, nordon suv, —
Vaqt undan jan n atiy bo ‘yni oladir,
R o ‘z g ‘oru oshxona hidi qoladir1.
G archi bu satrlar yarim kinoya, yarim hazil tabiatga ega b o ‘lsa-da,
ularda m a’lum m a’noda hayotiy asos bor. Agar m uhabbat h ar ikki
tom ondan e’zozlab, avaylab-asralmasa, undagi jannatiy b o ‘yni yo‘qotib
q o ‘yish hech gap emas. Eng muhimi shuki, nikohdagi huquqiy holatning
asosida m uhabbat yotm og‘i lozim , o ‘shan da bunday h o lla r r o ‘y
bermasligi shubhasiz. Ayni paytda dunyodagi ham m a narsa-hodisalar
kabi muhabbat ham parvarishga muhtoj ekanini unutm aslik kerak.
O ilaviy muhit.
O ilaning m ustahkam boMishi, oila a ’zo larining
axloqiylik darajasi undagi muhitga bog'liq. Qaysi oilada sog‘lom m uhit,
hukm sursa, uning ravnaqi, baxtliligi ta ’minlangan b o ‘ladi. Sog‘lom
m uhit deganda biz faqat oilada insonparvarlik, vatanparvarlik, ziyolilik,
halollik, rostgo'ylik kabi tam oyillar va m e’yorlarga amal qilinishinigina
emas, balki uning eskicha a n ’anaviylik yoki yangicha zamonaviyligini
ham tushunishimiz lozim. Zero aynan ana shu ikki xil turm ush tarzi
oila kelajagi bilan bog‘liq.
Eskicha a n ’anaviy oila kiyinishda, yeb-ichishda, kasb-u korda
zamonaviy oiladan farq qilmaydi. U ham halol, ham m a qatori zamonaviy
sharoitda yashaydi. Faqat u o ‘zining «o‘zbekchiligi», ajdodlarining
a n ’anaviy ma’naviy qadriyatlarini «unutmagani» bilan faxrlanadi. Hamma
gap shundaki, bunday oila asosiy kuchi va imkoniyatlaridan ana shu
faxrlanish hissiga erishish uchun foydalanadi: an ’anaviy o ‘zbekona to ‘y
kechasida, nikoh bazmida artistlarga «gaplashilgan» va «qistirilgan»
millionlar hisobiga bemalol bitta bolalar bog‘chasi qursa bo‘ladi. Ayniqsa
og‘zini qimirlatib turish bilan (fonogramma orqali) harom pul topayotgan
«artist»laming qudag‘aylarni (ayol qudalami) raqsga tushishga d a’vat
qilishini borib turgan odobsizlik: ortiqcha pul yig‘ib berish uchun bechora
qaynonalar yangi kelin va kuyov oldida o ‘yinga tushadilar. A n’anaviy
to ‘ylar isrofgarchilik namunasi, muayyan m a’noda axloqsizlikning bir
ko‘rinishiga aylanib ketganini tan olish kerak. «Borda»-ku «bor», «yo‘qlar»
ham shunday qilishga intiladilar. «Eshak eshakdan qolsa qulog‘ini kesadi»
Dostları ilə paylaş: