birinchi o ‘ringa olib chiqadi, insoniy subyektivlikni asosiy m uam m o
sifatida talqin etadi. U Hegelning mantiqiy usulini nihoyatda qattiq
tanqid ostiga oladi, hatto batamom inkor qiladi: Hegel o‘rmonni ko‘radi-
yu, alohida daraxtlarni ko‘rolmaydi, deydi. Darhaqiqat, Hegel falsafasi,
umuman, ratsional falsafa umumiylikni tan olgani holda, alohidalikka,
muayyanlikka, individuallikka yetarli e ’tibor bermaydi. Hegel uchun
individium — xususiy mulk turining o'rtacha nusxasi, u umumiylik
qozonida bug‘ga aylanib ketadi. Xotinining aytishicha, Hegelning, hatto,
alohida sevimli taom i ham bo‘lmagan, uning uchun hammasi umumiy
m a’nodagi ovqat ekan, xolos. Kirkegaard Hegel falsafasini, mavjudlik
nimaligini tushunishga noqobil ta ’limot, deb ataydi.
Kirkegaard axloqshunosligi ana shunday tanqidiy nuqtayi nazarga
asoslangan. Uning axloqiy qarashlari asosan, «Yo — u, yo — bu» (1843),
«Qo'rquv va titroq» (1843), «Hayot yo‘lining bosqichlari» (1845),
« 0 ‘lim ga y etak lov chi dard» (1849) singari falsafiy k ito b larid a,
shuningdek, kundaliklari va badiiy asarlarida o ‘z aksini topgan.
Kirkegaard nazdida odam — sintezlashish oqibatida vujudga kelgan
ruh: «Odam ruhdir, — deb yozadi u. — Biroq ruhning o ‘zi nima? Bu —
M en degani. U nda M en degani nima? Men, bu — m unosabat, o ‘z-
o ‘ziga n is b a ta n m u n o s a b a t.v. O d am , bu — c h e k la n g a n lik va
cheksizlikning, vaqtinchalik va abadiylikning, erkinlik va zaruriyatning
sintezi (omuxtasi), qisqacha aytganda — sintez»1. Faylasuf ana shu
omuxtalik mahsuli b o ‘lmish shaxsning xususiy axloqiy voqeligini yagona
voqelik deb hisoblaydi va o ‘z nasroniy axloqshunosligida gunohdan
yakka tartibda forig‘ bo‘lish masalasini qo‘yadi. Uning fikriga ko‘ra,
har bir odam insonlar qoshidagi emas, balki Xudo oldidagi burchini
o'tashi lozim, ya’ni odam lar aw alo Xudo oldida burchlidirlar. Har
kim o ‘zini o ‘zi qutqaradi. Faqatgina Xudo olamdagi ezgulikning manbai;
axloqiylik esa e ’tiqodning oqibatidir.
K irk eg aard asa rla rid a m a ’naviy hayotning q o ‘rquv, xavotir,
umidsizlik, notinchlik singari negativ tomonlari tadqiq etiladi. Lekin
bu xususiyatlar shunchaki emas, balki shaxsning o ‘z mas’uliyatini chuqur
his qilishi uchun tahlilga olinadi. Bu mas’uliyat esa o ‘z ifodasini tanlovda
to p a d i. Shu b o is b a ’zan K irkegaard axloqiy t a ’lim o tin i tanlov
axloqshunosligi ham deb atashadi.
Dostları ilə paylaş: